AQŞ prezidenti Donald Tramp tvitterda göyoki golf töpçasi bilan Hillari Klintonga zarba bergani videoroligini repost qildi.

Uşbu videoda Trampning golf öynayotgani va Klintonning 2011 yilda samolyotga ötirayotganda yiqilib tuşgani lavhalari birlaştirilgan. Video muallifi şuningdek Klintonning orqasiga kelib uriladigan golf töpçasini qöşgan. “Donald Trampning ajoyib zarbasi” deyilgan videoga izohda. 

Köpçilik foydalanuvçilar Trampning tvitterida bunday videoning joylaştirilişini nomaqbul deb topganlar.

“Mana 45-prezident nima uçun tarixga eng yomon, eng yoqimsiz odam sifatida kirişiga yorqin misol”, deb yozgan Kerri nomli foydalanuvçi.

“Men siz bunday narsalarga nafaqat beparvo qaraşingiz, balki ularni köz-köz qilişingizga işona olmayman. Siz uçun juda ham uyatdaman”, deb izoh qoldirgan Cindy Stockton. 

Biroq ba'zi obunaçilar Trampning retvitini “ijobiy” baholaşgan.

“Xa-xa, prezidentimizda ajoyib yumor hissi bor”, deb hisoblamoqda Andra L Stock.

Avvalroq ham Tramp şunga öxşaş roliklarni tvitterda joylaştirgandi. Misol uçun, u iyulda yuzi CNN logotipi bilan yopilgan odamning kaltaklanayotgani videosini joylaştirgandi. Şundan keyin Oq uy egasi köplab tanqidlarga uçragandi.