2050 yilga borib Qozoğiston aholisining soni 24 million kişidan oşişi kutilmoqda. Bu haqida Tengrinews.kz QR Mehnat va ijtimoiy himoyalaş vazirligining matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.
Hozirgi demografik tendensiyalar saqlanib qolgan taqdirda, janubiy mintaqalar aholisi soni 5,2 million kişiga köpayadi, aholi ziçligi esa şimoliy viloyatlarga qaraganda tört karra köp böladi. Mehnat va ijtimoiy himoyalaş vaziri Tamara Duysenova hukumat yiğilişida şunday bayonot bilan çiqdi.
"Janubiy mintaqalarda (Olmaotani inobatga olmaganda) aholining 38 foizi yaşaydi, ularning yalpi hududiy mahsulotdagi (YaHM) uluşi esa bor-yöği 17 foizni taşkil qiladi. Şimoliy mintaqalarda 29 foiz aholiga 25 foiz YaHM töğri keladi... Investitsion iqlimni yaxşilaş maqsadida bu yil Qozoğistonning migratsion qonunçiligiga mehnat migratsiyasiga doir tuzatişlar kiritildi", - deya ma'lum qildi Mehnat va ijtimoiy himoyalaş vazirligi matbuot xizmati.
Tavsiya etilayotgan konsepsiya loyihasi mamlakatdagi, dunyo iqtisodiyotidagi vaziyatlar tahlilini hisobga olgan holda tayyorlangan.
"Agar yuqorida qayd etilgan çoralar samara bersa, u holda raqobatbardoş mutaxassislar ilm-fan va innovatsiyalar şakllanayotgan joylarda işlaşlari mumkin, şundan keyin mamlakatdagi tadbirkorlikning ösişi kutiladi", - deya ta'kidlaşdi vazirlikda.











