Qiyin vaziyatda qolgan insonni tinçlantiriş uçun unga xavotir olmaslikni maslahat berişning özigina yetarli emas. Aks holda, u insonda tezroq qutulişni istayotgandek tasavvur uyğotişingiz mumkin. "Layfxaker" insonlarni qöllab-quvvatlaş istagida bölganlar uçun quyidagi uç iborani tavsiya etadi.

1. «Senga qanday yordam kerak?»

Real yordam har qanday tinçlantiruvçi sözlardan yaxşiroqdir. Insonning qiyin vaziyatga tuşganini kördingizmi, unga yordam berişga harakat qiling.

Foto: Layfxaker

Ha, şunday holatlar ham böladiki, heç nima qila olmay qolasiz. Biroq u inson sizning haqiqatan ham yordam qölini çözişga tayyor ekaningizni köradi. Şu tariqa siz kelgusida ham sizga işoniş mumkinligini namoyiş etasiz.

Hatto birovga yordam bera olmasangiz ham, u kimdir qöllab-quvvatlayotganini körib, özini biroz yaxşi his qila boşlaydi.

 

2. «Hozir nimalarni his qilayotganingni tuşunib turibman»

Biror nima sabab qattiq qayğuda qolgan damlaringizni yodga oling. Hoynahoy, öşa payt özingizni yolğizlangan his qilgan bölsangiz kerak.

Foto: Layfxaker

Qandaydir yoqimsiz voqea röy bersa, "faqat men şunday vaziyatga tuşişim mumkin", deb öylaşga moyilmiz. Aslida esa bunday emas.

Agar özingiz ham şunga öxşaş vaziyatga tuşgan bölsangiz, öz tajribangiz bilan bölişing. U sizga işonib, özini yaxşiroq his qila boşlaydi. Murakkab vaziyatdan qanday çiqişga muvaffaq bölganingiz borasida maslahatlaringizni ayamang, toki u sizning misolingizda muammoning yeçimi bor ekanini his qilsin.

 

3. «Bu çindan ham dahşat»

Harakatlaringiz va istaklaringizga qaramay, siz hammaga ham yordam bera olmaysiz. Şunday bölsa-da, u insonning sizga könglidagini tökib solişi uçun imkon bergan bölasiz. Zarur paytda şunçaki sizni tinglab, dardingizni his qila oluvçi insonning borligini biliş yengillik beradi. 

Foto: Layfxaker

Na sa'y-harakat va na maslahat bilan yordam bera olmaysizmi? Şunçaki insonning muammosini tan olib, unga hamdard bölişga harakat qiling.

Şu tariqa sizning oldingizda his-tuyğularni oçiq namoyon qiliş va xavotirlar bilan böliş mumkinligiga işora qiling.