Myanma davlat maslahatçisi va haqiqiy yetakçisi Do Aun San Su Çji Neypidoda parlament a'zolariga yöllagan öz murojaatida Rakxayn ştatida «mojarodagi barça tomonlar» qöllayotgan zöravonlikni qoraladi. «Biz Rakxayn ştatida mojarodagi barça tomonlar qöllayotgan noqonuniy zöravonlikni qoralaymiz. Ziddiyat davomida qonun buzilişlarda aybdor bölgan barça şaxslar öz harakatlari uçun qonun doirasida javob beradi. Biz bu mojaroda barça jabrlanganlarga çuqur hamdardlik bildiramiz», - deya uning sözlarini keltiradi Reuters.
Şuningdek, Myanma yetakçisi Bangladeşga qoçib ötgan rohingyalarga Rakxayndagi uylariga qaytişga ruxsat berişga tayyorligini bildirdi. Bu ular Myanmada yaşaş huquqiga ega ekanliklari tasdiqlangaç, röy beradi. «Biz qaytişni istagan qoçqinlarni tekşiruvdan ötkazişga tayyormiz», - dedi u.
25 avgust kuni «Arakan rohingyalarini qutqariş armiyasi» guruhi bir neça politsiya bölinmasiga hujum qildi. Myanma armiyasi esa terrorçilikka qarşi amaliyot boşlanganini ma'lum qildi, u oxir-oqibat musulmonlarga qarşi qirğinga olib keldi. Öz navbatida, Xitoy va Hindiston Myanma hukumatining Rakxayn ştatidagi amaliyotini qöllab-quvvatladi. Fojiali hodisalar tufayli 400 mingdan ortiq rohingya musulmonlari boşqa davlatlarga qoçib ötdi.
Avvalroq «Çegara bilmas şifokorlar» Myanmadan Rakxaynga kiritişni talab qilişayotgani xabar berilgandi.











