Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev “2018 yilda qişloq xöjaligi ekinlarini oqilona joylaştiriş va qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqarişning prognoz hajmlari böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi. 

Qaror bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Qişloq va suv xöjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Özbekiston fermerlari kengaşi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi, xarid qiliş hamda xizmat körsatiş taşkilotlari, tijorat banklari, şuningdek boşqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning qişloq xöjaligi ekinlarini joylaştiriş sohasidagi ustuvor yönalişlari quyidagiça belgilandi:

birinçidan, tuproq unumdorligini çuqur tahlil qiliş, suv, joylar ixtisoslaşuvi, ekinlar hosildorligi va boşqa omillarni hisobga olgan holda, mintaqalarning tuproq-iqlim şaroitiga asoslangan intensiv texnologiyalar yordamida yetiştiriladigan qişloq xöjaligi ekinlarini, ayniqsa, sabzavot-poliz mahsulotlari, moyli ösimliklar, dukkakli ekinlar, yem-xaşak ekinlari, kartoşka, boğdorçilik va uzumzorlarni oqilona joylaştiriş böyiça samarali takliflarni tayyorlaş;

ikkinçidan, fermer xöjaliklari va ekin maydonlari kesimida qişloq xöjaligi ekinlarini joylaştiriş tizimini joriy etiş, u fermer xöjaliklari va ta'minot taşkilotlari örtasida şartnoma tuziş, moddiy-texnika resurslarini yetkazib beriş, moliyalaştiriş, öz vaqtida va sifatli agrotexnika tadbirlari amalga oşiriş, hosilni yiğib oliş, işlab çiqarilgan mahsulotlarni faqatgina xizmat körsatuvçi banklar orqali sotişni nazarda tutuvçi qişloq xöjalik mahsulotlari işlab çiqarişning töliq davrini közda tutişi kerak;

uçinçidan, fermer xöjaliklari va ekin maydonlari kesimida qişloq xöjalik ekinlarini joylaştirişni samarali röyxatga olinişini işlab çiqiş va joriy etiş, mahsulotni öz vaqtida va sifatli yetiştiriş böyiça çoralar monitoringi, agrotexnika tadbirlari, hosilni yiğiş, sotiş böyiça tadbirlarni xizmat körsatuvçi banklar orqali amalga oşiriş;

törtinçidan, fermer xöjaliklariga yuqori hosildor va erta pişadigan qişloq xöjalik ekinlari navlarini tanlaş, ularni moddiy-texnika resurslari bilan öz vaqtida ta'minlaş, fermer xöjaliklari uçun qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişga qiziqişlarini oşiriş uçun qulay şart-şaroitlarni yaratişda yordam beriş.

Belgilanişiça, qişloq xöjaligi ekinlari maydonlarini joylaştiriş qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqarişning tölqin davrini öz içiga oladi, jumladan: