BMT özining isloh qilinişi böyiça anjuman ötkazdi. Anjumanda AQŞ prezidenti Donald Tramp BMT nomiga tanqidiy fikrlar bildirdi.

Uning aytişiça, xalqaro taşkilot öz salohiyatini töliq namoyon qilmagan. AQŞ prezidenti taşkilotning isloh qilinişini töliq qöllab-quvvatlaşini aytgan.

Tramp BMT boş kotibi Antoniu Guterrişni islohotlar ötkaziş istagi yölidagi sa'y-harakatlari uçun maqtagan. 

Tramp, şuningdek, özining saylovoldi şiori bölgan “Amerikani yana buyuk qilamiz” iborasini BMTga qöllab, uni “buyuk qilişga” va'da bergan.

Oq uy matbuot xizmati ma'lumotlariga köra, sammit vaqtida Trampga uning BMTga bildiradigan tilagi qandayligi haqida savol berişgan. “Öylaymanki, tilak şunday: “BMTni buyuk qilamiz! “Yana” emas, şunçaki buyuk qilamiz. Şunday katta salohiyat mavjud. Öylaymanki, biz buni qila olamiz”, deb javob qilgan Tramp.

Öz navbatida, BMT boş kotibi islohotlar taşkilot öz vazifalarini samarali bajarişi uçun zarurligini ta'kidlab ötgan.

“Odamlar noçorlik va öz holiga taşlab qöyilgan holda yaşamoqdalar, nizolar qurbonlariga aylanmoqdalar, ularning huquqlari inobatga olinmayapti va qadr-qimmatlari poymol qilinmoqda. Öz orzu va ğoyalarini röyobga çiqarmoqçi bölganlar ham yordamimizga muhtojlar. Aynan ular hamda öz mehnati bilan taşkilotning faoliyatini moliyalaştirayotgan soliq tölovçilar uçun islohotlar ötkazişimiz zarur. Islohotlar BMT bayroği ostida hayotiy muhim işni bajarayotgan barça uçun zarur”, deb aytgan Guterriş. 

Oxirgi ma'lumotlarga köra, AQŞning BMTni isloh qiliş böyiça taklif qilgan deklaratsiyasini 142 ta davlat qöllab-quvvatladi.