Lada Vesta SW (station wagon — universal) modelining narxi Comfort komplektatsiyasidagi versiyasi uçun 639,9 ming rubldan avtomat uzatmalar qutisiga ega maksimal jihozlanişdagi Cross versiyasi uçun 847,9 ming rublgaçani taşkil qiladi. Bu haqda maşinani işlab çiqaruvçi "AvtoVAZ" kompaniyasi ma'lum qildi.
"2017 yil 19 sentabrdan Lada’ning barça dilerlarida Lada Vesta SW va Lada Vesta SW Cross uçun buyurtmalar olina boşlanadi. Qöşimça ravişda tumanga qarşi faralar, 16 dyuymli yengil qotişmali disklar va old oyna isitgiçiga ega Image paketini sotib oliş mumkin. Maşinaning bu optsiyalarga ega versiyasi 662,9 ming rubldan taklif qilinadi", deyilgan xabarda.
Luxe komplektatsiyasidagi versiya 702,9 ming rubldan boşlab taklif qilinadi, unga old örindiqlarning bel qismida yonlama xavfsizlik yostiqçalari, yomğir va yoruğlik datçiklari, old oyna isitgiçi, avtomatik iqlim-nazorati, ikkinçi pol paneli va yukxona uçun organayzer, old eşiklar yoritgiçi kiradi. Tarkibiga orqani körsatuvçi kamera kiruvçi Multimedia va orqa örindiqlar isitgiçi va navigatsiyaga ega Prestige paketlari uçun mos ravişda 24 ming va 42 ming rubl qöproq tölanadi.
Lada Vesta SW Cross uçun narxlar 755,9 ming rubldan boşlanadi. Bu pullar uçun 1,6 litrga ega dvigatelli va mexanik uzatmalar qutisiga ega Luxe komplektatsiyasidagi avtomobil taklif qilinadi. 1,8 litrli dvigatelga ega bunday maşinaning mexanik uzatmalar qutisiga ega versiyasi 804,9 ming rublga, avtomatik uzatmalar qutisiga ega versiyasi esa 829,9 ming rublga aylanadi. Lada Vesta SW Cross’ning avtomatik uzatmalar qutisi va Prestige paketiga ega eng qimmatbaho versiyasi 847,9 ming rubl turadi.
Yangi maşina "AvtoVAZ"ning Ijyevskdagi zavodida 11 sentabrdan işlab çiqarila boşlandi.
Ta'kidlanişiça, "AvtoVAZ"ning 2017 yilning ilk 8 oyiga köra savdolari hajmi 15,5 foizga oşib, 193 ming avtomobilgaça yetgan.

















