Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev ayni davrda insoniyat tarixidagi eng köp yoşlar qatlami bilan yaşayotganimizni inobatga olgan holda BMT minbarida Yoşlar huquqlari töğrisidagi BMT konvensiyasini qabul qilişni taklif qildi. Mamlakat prezidenti bunga asos qilib, yoşlarning soni ikki milliarddan ortib qolgani, xalqaro terrorizm va esktremizm şiddat bilan ösib borayotgan bir paytda yoşlarga himoya zarurligini muhim omillar sifatida körsatdi.
Prezident dunyo yoşlari örtasida zöravonlik ğoyasi tarqalişining oldini oliş kerakligini, ularning huquq va manfaatlarini, turmuşini ijtimoiy himoya qiliş uçun dunyo xalqlaridan köp tomonlama hamkorlik taşabbusi söralişini aytib ötdi. Yoşlar huquqlarini bir me'yorda belgilaş va uni himoya qiliş globallaşuv va axborot texnologiya rivojlaniş davrining muhim şarti ekani ta'kidlandi. «Şuningdek, uşbu konvensiyani imzolagan a'zo davlatlar mamlakat ijtimoiy siyosatida yoşlar masalasini muhim yönaliş sifatida körib, zimmasidagi katta mas'uliyatni ado etişi kerak», deb fikr bildiradi Şavkat Mirziyoyev.
Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev Özbekistonda yoşlar siyosatini yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida «Özbekiston Yoşlar Ittifoqi» taşkilotini tuziş taklifini ma'qulladi va ularga katta imtiyoz berilişi uçun taşabbus bildirdi, bir guruh yoş iqtidorlarni davlat mukofotlari bilan taqdirladi, bir neçta serğayrat yoşlarni yuqori davlat organlarida iş faoliyatini boşlaş uçun şaroit yaratib berdi.










