Saudiya Arabistoni taşqi işlar vaziri Odil al-Jubayr Tehron Eronning yadro dasturi böyiça kelişuv şartlarini bajarmayotganini aytdi.
"Biz kelişuvga qat'iy rioya qilinişi kerak, deb hisoblaymiz. Eron kelişuv şartlariga amal qilmayapti", deb aytgan al-Jubayr Nyu-Yorkda jurnalistlarga.
"Biz bir neça marta uşbu kelişuv Eron heç qaçon yadro imkoniyatlarini ololmasligi va bu kelişuvni töliq bajarişiga olib kelişini kutganimizni aytganmiz. Biz Eron buni bajarmoqda, deb hisoblamaymiz", deb aytgan vazir.
BMT Boş assambleyasi 72-sessiyasi debatlari oçilişi vaqtida AQŞ prezidenti Donald Tramp Eronni zöravonlikni eksport qiluvçi "quvğindi davlat" va "korrupsiyalaşgan diktatura" deb atagandi. U Tehron bilan tuzilgan yadro kelişuvini "AQŞ uçun şarmandalik" deb atagandi.
Eron va xalqaro vositaçilar oltiligi 2015 yil 14 iyulda Eron atomi muammosini tartibga soliş böyiça tarixiy kelişuvga kelgandilar. Eron tomondan bajarilişi BMT Xavfsizlik kengaşi, AQŞ va Yevropa Ittifoqi tomondan unga nisbatan kiritilgan iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalarning bekor qilinişiga olib keluvçi qöşma harakatlar rejasi qabul qilingandi. Uşbu reja 2016 yil 16 yanvarda kuçga kirgandi.












