Imon Ahmad Abdul Atiy tört oyça ilgari yuk taşuvçi samolyotda Abu-Dabiga kelganidan buyon ança vaqt ötdi. 

Qaçonlardir 500 kilogrammdan ortiq vaznga ega bölgan ayol hozir davolaniş jarayonining ikkinçi bosqiçida. Uni poytaxtdagi Burjyel şifoxonasida tibbiyotning turli yönalişlarida faoliyat olib boruvçi 20 nafar mutaxassisdan iborat jamoa davolamoqda. GulfNews naşri şu haqidagi yangiligi bilan bölişdi. 

Şifoxonaning boş şifokori doktor Yassin Aş-Şahatning sözlariga köra, davolaşning mazkur bosqiçi tört oygaça davom etişi mumkin. Unda vaznni kamaytiriş va teri şaklini töğirlaşga yönaltirilgan jarrohlik amaliyotlari ötkaziladi. 

Imon bir vaqtlar dunyoning eng oğir vaznli ayoli hisoblangan. Ayolni operatsiya qiliş uçun Mumbaydagi şifoxonaga olib borişganida uning vazni 504 kilogramm bölgan. 

Joriy yilning may oyida Imonni davolaşning keyingi bosqiçi uçun Abu-Dabiga köçirişgan. 

"Imon davolanişni boşlaganidan buyon uning salomatligi ança yaxşilandi, - deydi doktor Şamşer Vayyal. - Uni baxtli körganimizdan xursandmiz. Davolaş muolajalari unga yaxşi ta'sir körsatmoqda", - qöşimça qildi u. 

Şifokorning sözlariga köra, eng katta muammolardan biri Imonni imkon qadar normal hayot tarziga qaytariş bölgan. 

"U kuçli depressiyadan aziyat çekkkan. Boz ustiga, falaj uni gapiriş imkonidan mahrum qilgandi", - qöşimça qiladi Aş-Şahat. 

Unda isitma, peşob yöllari infeksiyasi, ötkir buyrak yetişmovçiligi va oğir degidratatsiya qayd etilgan, şu bilan birga uni oşqozon nayçasi orqali ovqatlantirişga töğri kelgan. Vaqti-vaqti bilan huşdan ketiş holatlari esa ayolning psixik va psixologik holatiga salbiy ta'sir körsatgan.

"Bundan taşqari, biz unda oğir aortal stenoz (yurak klapanlarining qisqarişi) borligini aniqladik, Imon Hindiston va Misrda davolanganida bu kasallik aniqlanmagandi", - deydi Aş-Şahat. 

Ayolning holatidan kelib çiqib, tibbiyot xodimlari jamoasi uç bosqiçli davolaş muolajalarini ötkazişga qaror qilişdi. 

Birinçi bosqiçda asosiy e'tibor ayolning peşob yöllari infeksiyasi, ovqatlaniş xususiyatlarini qayta tiklaş va oğizdan ovqatlanişga ötiş, şuningdek psixologik reabilitatsiyaga qaratildi. Bundan taşqari intensiv fizioterapiya amaliyoti ötkazildi.