
Dunyoning eng oğir vaznli ayoli - misrlik Imon Ahmad Abdul Atiy BAAda hayotdan köz yumdi. Qator OAV şu haqida xabar berdi.
Ayol yaqindagina 37 yoşini yaqinlari davrasida qarşi olgan edi. Uning vazni dastlab 500 kilogrammdan ortiq bölgan. Keyinçalik Imon şifokorlar yordamida 140 kilogrammga ozişga muvaffaq bölgandi.

Imon Ahmad Abdul Atiy qator kasalliklardan aziyat çekkan - unda isitma, peşob yöllari infeksiyasi, ötkir buyrak yetişmovçiligi va oğir degidratatsiya qayd etilgan, şu bilan birga uni oşqozon nayçasi orqali ovqatlantirişgan. Vaqti-vaqti bilan huşdan ketiş holatlari ayolning psixik va psixologik holatiga salbiy ta'sir körsatgan. Bundan taşqari, unda oğir aortal stenoz borligi aniqlangan.
Onasining sözlariga köra, sönggi 25 yilda ayol uydan taşqariga çiqmagan.

Bundan avval Imonning Hindiston, BAAdagi davolaş jarayonlari, şifokorlarning fikr-mulohazalari haqida muntazam ravişda ma'lumot berib borilgandi.
Dunyoning eng oğir vaznli ayolini bosqiçma-bosqiç davolaş rejalaştirilgan edi. Ayol davolanişning birinçi bosqiçidan muvaffaqiyatli ötib, ikkinçi bosqiçda turgani, özini ança yaxşi his qilayotgani va hatto tabassum qilgani haqida ma'lum qilingandi.

9 sentabr kuni Imon özining 37 yoşligini maxsus sana munosabati bilan Misrdan yetib kelgan onasi, opasi va jiyani bilan qarşi olgan. Uning xonasi çiroyli bezatilib, şifoxona xodimlari ham bayramga qöşilişgan.












