Dunyodagi eng oğir vaznli ayol hisoblangan misrlik Imon Abdul Atiyning opasi Hindistondagi klinika şifokorlari bemor operatsiyadan keyin vazn taşlaganini aytib, yolğon gapirişganini ma'lum qildi. Bu haqida BBC xabar berdi.

Ikki oy oldin 500 kilogramm vaznga ega bölgan Imon Abdul Atiy Mumbaydagi Sayfi şifoxonasida murakkab operatsiyani boşdan keçirdi. Ötgan haftada şifokorlar ayolning 328 kilogramm vazn taşlagani haqida xabar qilişgan edi. 

Dunyodagi eng oğir vaznli ayol 140 kilogrammga ozdi

Biroq Şayma Salimning ta'kidlaşiça, bu yolğon hamda uning singlisi oğir ahvolda va ehtimol falajni boşidan ötkazgan. 

Şifokorlar bu ayblovlarni rad etişmoqda. 

Gap şundaki, duşanba kuni Şayma Salim ijtimoiy tarmoqlarga qisqa videoni joylaştirdi va unda singlisi hamon na gapira va na qimirlay olmayotgani hamda şifokorlar aytgan darajada ozmaganini aytdi.

Seşanba kuni BBC'ga bergan intervyusida u klinikaga nisbatan ayblovlarini takrorladi.

"U (operatsiyaga boşçilik qilgan şifokor Muzaffala Lakdavala) Imonni na operatsiyadan oldin va na undan keyin ölçagani yöq. Agar unda vazn taşlaganlikni isbotlovçi video bölsa, körsatsin", - dedi bemorning opasi.

Şifoxona vakili BBC'ga Imon Abdul Atiyning duşanba kuni takroran ölçangani va hozirda uning vazni 172 kilogramm ekanini aytdi. 

Şifokor Lakdavala ayblovlarni rad etmoqda. "Şayma Salim özining ğayriinsoniyligi bilan meni ajablantirdi. Nima qilib qöyganingizni anglaganingizda faqat Xudo sizga yordam berişi mumkin. Men esa Imonni davolaşda va uning haqiga duo qilişda davom etaman", - deb yozadi u Twitter'dagi öz sahifasida.