FIFA prezidenti Janni Infantino transfer bozoridagi narxlarning keskinlik bilan kötarilib ketişini «kalamuşlar poygasi» deb atadi va bu muammo bilan birgalikda kuraşişga çaqirdi.
«Biz transferlar muammosini birgalikda yeçişimiz kerak. Agentlar va transfer dariçalari uçun ma'lum bir qoidalarni, taklif etilişi mumkin bölgan maksimal iş haqini belgilab qöyiş lozim. Havoda uçib yurgan, biroq heç qaçon jiddiy körib çiqilmagan köp narsani qiliş kerak. Men transferlar tufayli yuz bergan inflyatsiyadan taşvişdaman. Bularning bari menga klublar iştirokidagi kalamuşlar poygasini eslatmoqda. Bunday holat futbolga salbiy ta'sir qiladi.
Biz transferlar çempionatlarning yaxlitligiga ta'sir körsatmasligini kuzatib borişimiz lozim. Transfer dariçalari ularning boşlanişiga qadar yopilişi kerak», - deya Infantinoning sözlarini keltiradi Reuters.
Yozda jahon transfer rekordi yangilandi. «PSJ» hujumçi Neymarning transferi uçun «Barselona»ga 222 mln. yevro töladi. Bundan avval esa yarim himoyaçi Pol Pogbaning «Yuventus»dan «Mançester Yunayted»ga 105 mln. yevro evaziga ötgani eng qimmat kelişuv sifatida baholanar edi.











