Özbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uçraşuv vaqtida uni Özbekistonga taklif qildi. Bu haqda ÖFF matbuot xizmati xabar tarqatdi.

«FIFA qarorgohida bölib ötgan muzokalar yakuniga köra, ÖFF Prezidenti Umid Ahmadjonovning taklifi bilan FIFA prezidenti Janni Infantino Özbekistonga taşrif buyurişga va'da berdi», deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, bu taşrif Janni Infantinoning FIFA prezidenti sifatida Özbekistonga birinçi taşrifi böladi. Bungaça taşkilot sobiq prezidenti Yozef Blatter Özbekistonga taşrif buyurgandi.