Uçinçi avlod YotaPhone smartfonlari Xitoy bozoriga çiqdi. Uning asosiy xususiyati avvalgi modellarda bölgani kabi orqa paneldagi "elektron siyox"li ekran böldi. CGTN şu haqidagi xabari bilan bölişdi.
Smartfon işlab çiqaruvçilarining ta'kidlaşiça, asosiy AMOLED-ekran, albatta rangli. U bundan oldingi 4,7 dyuymli modeldan farqli ölaroq, 5,5 dyuym diagonalga ega.
YotaPhone 3 yaratuvçilari Apple kompaniyasining yölidan borib, modelni quloqçinlarni ulaşga möljallangan öymadan mahrum qilişdi, endi ularni USB Type-C porti yoki maxsus adapter yordamida ulaş mumkin böladi.
Operativ xotira hajmi - 4 Gb, içki xotira esa - 64 yoki 128 Gb. Smartfonning orqa panelida 13 Mp'li kamera bölib, frontal kamerasi - 12 Mp.
Joriy yilning martida YotaPhone 3 smartfoni taqdimoti moliyalaştirişdagi yetişmovçilik tufayli qoldirilgan edi, yangi model 20 sentabr kuni namoyiş qilindi.












