KUN.UZ tahririyatining Farğona viloyatiga safari davomida Danğara tumanining Kiçik turk qişloğiga ham borildi. Bunga qişloqning mahalla fuqarolar yiğinida qad kötargan namunali uylarning abgor holati sabab böldi. Mazkur holat yuzasidan bir neça ön marotaba murojaat bilan çiqilgan, viloyat hamda poytaxtdan maxsus komissiyalar tuzilib, holat batafsil örganib çiqilgan. Biroq natija hamon yöq.
Mazkur uylarning birida istiqomat qiluvçi fuqaroning murojaati asosida borgan KUN.UZ tahririyati jurnalistlarini mahalliy aholi yana bir közböyamaçilik uçun tekşiruv qabilida tuşundi. Şunday bölsa-da, vaziyatni xolis yoritiş maqsadida bir emas, balki bir neça namunali uylar közdan keçirildi va xonadon egalari bilan suhbat qilindi.


Ulardan birining aytişiça, fermer xöjaligi rahbari namunali uyni qabul qilindi, deb qöl qöyib bergan. Eşiklar, derazalar, heç qanday jihozlar bölmagan. Qayd etilişiça, hozirda bu yerdagi 16 ta namunali uydan 8 tasida fuqarolar istiqomat qiladi. Qolganlar esa bu yerlar yaşaşga yaroqli bölmagani uçun hali kelişmagan.
“Bu uyni men köpçilik singari fermerlar, taşkilotlardan olganman. Eşik, deraza degan narsalar umuman yöq edi. Pollar börtib-börtib çiqib ketgandi. Polini kötarsangiz, odamni kömadigan çuqurlik bor”, - deydi şu uylardan birini olgan fuqaro.


“Tört yildan beri şu uyning yamoğini yamab yotibmiz. Uyning içini bemalol kirib körişingiz mumkin. Biroq, sizlar kabilardan juda köplar keldi. Xullas, yaxşi emas. Bu yerda suvi, gazi, namunali böladigan heç narsasi yöq. Uyni qabul qilayotganda qöl qöyib beriş uçun majburlaşgan. Keçqurun soat 23:00da olib borib, qöl qöydirib yurişgan ekan. Hamma joyi çala. Kelganimizdan beri usta işlatamiz. Hattoki suvni ham sotib olamiz. Elektr energiyasi el qatori keladi. Gazni kuzda beradi. Ammo, birinçi navbatdagi muammo – suvdir. Boşqa qişloqdan taksida olib kelamiz. Har bir xöjalikda şunday. Hamma joyga, portalgaça ham murojaat bilan çiqdik, “Körib çiqamiz” degan javob keldi. Suv omboridan ham kelişdi. Bildirgilar olişdi, lekin bir natija körganimiz yöq.












