Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20 sentabr kuni Nyu-Yorkda Amerika Qöşma Ştatlarida istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoşlar bilan uçraşdi. Ular orasida olimlar, işbilarmonlar, xalqaro va jamoat taşkilotlari vakillari, talabalar bor. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning AQŞga taşrifi, bu yerda yaşayotgan vatandoşlar bilan uçraşuvi ularga katta xursandçilik bağişladi.

“Amerika Qöşma Ştatlarida siz, qadrli yurtdoşlarimiz bilan uçraşib turganimdan bağoyat xursandman, - degan davlat rahbari. – Men uşbu taşrif çoğida sizlar bilan çin dildan, samimiy suhbatlaşişni avvaldan rejalaştirib qöygan edim.
Vatandan yiroqda, musofirçilikda öz örnini topiş va haqli e'tirof qozoniş naqadar maşaqqatli ekanini barçamiz yaxşi anglaymiz. Bunday katta yutuqlarga erişiş har kimga ham nasib etavermaydi.
Bugun sizlar bilan oçiq muloqot qilib, sizlar bilan yaqindan tanişiş, mamlakatimiz oldida turgan katta-katta vazifalarni amalga oşiriş borasidagi fikr va mulohazalaringiz, takliflaringiz bilan örtoqlaşiş ğoyat muhim, deb hisoblayman”.
Prezident 2017-2021 yillarda Özbekistonni rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi, Ma'muriy islohotlar konsepsiyasining ahamiyati haqida söz yuritdi. Sud-huquq, moliya, kiçik biznes, turizm, tibbiyot sohalaridagi özgarişlar töğrisida ma'lum qildi.
Özbekistonda aholini uy-joy bilan ta'minlaş, ilm-fan va ta'limni rivojlantiriş, zamonaviy kadrlar tayyorlaş böyiça ulkan işlar boşlangani ta'kidlandi. Özbekistonning yoşlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati, Özbekiston yoşlar ittifoqining yoşlar huquq va manfaatlarini ta'minlaş borasidagi faoliyati haqida söz bordi.
Mazkur uçraşuv oçiq va samimiy ruhda ötdi. Prezident uçraşuvga kelgan har bir özbekistonlikning hayoti va faoliyati bilan qiziqdi.
Vatandoşlar ilm-fan, ta'lim, texnologiya, investitsiya va boşqa sohalarni rivojlantiriş, Özbekiston va AQŞ muassasalari örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş böyiça öz fikr-mulohazalarini bayon etdi.
Şavkat Mirziyoyev ularga murojaat qilar ekan, Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarga daxldor böliş, zamonaviy bilim va tajribalarini mamlakat rivojiga yönaltirişga da'vat etdi.










