Puerto-Riko oroli "Mariya" dovuli sababli butkul elektr ta'minotisiz qoldi. Bu haqda orolning favqulodda vaziyatlar xizmati rahbari Abner Gomes televideniye orqali namoyiş qilingan matbuot-anjumanda aytib ötgan.
"Orol 100 foiz elektr energiyasiz qoldi", deb aytgan Gomes. Uning aytişiça, talofatlarni hozirça baholaşning iloji bölmagan. "Biz olayotgan ma'lumotlar taşvişlidir. Bu dovul öz yölidagi barça narsani yöq qilgan", deb qöşimça qilgan Gomes.
3 mln dan köproq aholiga ega orol AQŞ bilan erkin tarzda birlaşgan davlat maqomiga ega.
Avvalroq AQŞning dovullardan ogohlantiriş milliy markazi "Mariya" 3-toifagaça pasayganini ma'lum qilgandi. Hozir dovul Dominikana tomon yönalmoqda.
Biroq dovul hali ham xavfli bölib qolmoqda hamda toşqinlar va vayronagarçiliklar keltirib çiqarişi mumkin. Dovuldagi şamolning doimiy tezligi soatiga 185 km ni taşkil qilmoqda.











