AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan yadroviy dastur böyiça kelişuvdan çiqiş yoki çiqmaslik haqida bir qarorga kelib bölgan, biroq hozirça buni sir saqlamoqda. Bu haqda Qöşma Ştatlar davlat kotibi Reks Tillerson çorşanba kuni keçqurun Nyu-Yorkdagi HiIlton Midtown mehmonxonasida jurnalistlarga ma'lum qildi. 

"U [Tramp] heç kimga bu haqda aytmadi", - dedi Tillerson. Şu bilan birga, uning aniqlik kiritişiça, Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey Trampdan qabul qilingan qaror haqida xabar berişni söragan. "Biroq u rad javobini berdi", - deya ta'kidlab ötdi Tillerson.

Davlat kotibining xabar berişiça, çorşanba kuni BMT boş qarorgohida “oltilik” (Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, AQŞ, Fransiya va Germaniya) hamda Eron vakillari uçraşuvida Tehron tomonidan Qöşma keng kölamli harakatlar rejasining bajarilişiga aloqador bölgan masalalar "oçiq-oydin" muhokama qilingan.

Uning ta'kidlaşiça, Eron öz yadro dasturini çeklaş töğrisidagi kelişuv bandlariga "texnik jihatdan rioya qilmoqda", biroq “oltilik” davlatlari, Tillersonning sözlariga köra, "kelişuv imzolanganidan söng mintaqada keskinlik kamayişini kutişgandi".

"Şunday taxminlar bor edi, - deya davom etgan u. – Afsuski, kelişuv imzolanganidan söng, biz barçasini kördik, biroq tinç va barqaror mintaqaga guvoh bölmadik". U Tehronni Suriya prezidenti Başar Asadni harbiy yöl bilan qöllab-quvvatlaşda, Yaman hamda Iroqdagi vaziyatga ta'sir körsatişda, şuningdek, Fors körfazida AQŞ HDK kemalariga qarşi tajovuzkor harakatlarda aybladi. "Bu kelişuv uning iştirokçilari kutgan narsaga mos kelayotgani yöq", - deya qöşimça qildi davlat kotibi.

"AQŞ sönggi vaqtlarda Eronning harakatlariga javob sifatida çoralar qabul qildi: yaxşi bilasizki, yaqinda qöşimça sanksiyalar ballistik raketalarning uçirilişi, kibermakondagi harakatlar va boşqa beqarorlaştiruvçi faoliyatga javoban kiritildi", - dedi u.

Tillersonning sözlariga köra, AQŞ "Eron harakatlarini kuzatib borişda davom etadi va Qöşma keng kölamli harakatlar rejasi doirasidagi majburiyatlarga zid kelmaydigan qöşimça qadamlar qöyadi". "Biz Qöşma keng kölamli harakatlar rejasini töla hajmda bajarmoqdamiz", - dedi u.

NBC telekompaniyasining davlat rahbari ma'muriyatidagi manbalarga asosan xabar berişiça, Tramp Eron yadro dasturi böyiça kelişuvdan çiqişga yaqin turibdi. Bu 15 oktabrga qadar röy beradi. 

Telekompaniya ma'lumotiga köra, Qöşma Ştatlar prezidenti özining sönggi bayonotiga qaramay, yadro kelişuvi böyiça yakuniy qarorni qabul qilmagan. Manbalar fikriça, Tramp 15 oktabrga qadar istalgan qarorga kelişi mumkin. Şu kuni Vaşingtonning kelişuvga rioya qiliş böyiça navbatdagi kuzatuvi natijalarini e'lon qilişning sönggi muddati tugaydi.