Google taqdimotiga yarim oy qolganda kompaniyaning yangi qurilmalariga oid ma'lumotlar tarqaldi. Ta'kidlaş jiozki, kompaniyaning yangi mahsulotlari namoyişi 4 oktabrda bölib ötişi rejalaştirilgan. Bundan avval insayderlar korporatsiyaning Pixel 2 XL va Pixel 2 smartfonlari, Pixelbook xrombuki, Daydream View ikkinçi avlod virtual reallik qurilmasi va aqlli Google Home kolonkalarining ixçam variantini taqdim qilişi taxmin qilişgan edi.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, Google Pixel 2 ötgan yilgisiga nisbatan minimum özgarişlarga ega böladi, deyiladi Droid-life'da. Işlab çiqaruvçi kamerani yaxşilagan va apparat tarkibini yangilagan. Suyuqliklar va stereodinamikadan himoya paydo böldi. Guglfonning yangi modeli uç xil rangli korpusda namoyon böladi: oq, qora, havorang. Hozirça gadjyet suratlarda orqa tomondan körsatilgan. Ma'lum qilinişiça, 64 Gb xotira bilan ta'minlangan Pixel 2 649 dollarga sotiladi. Ikki karra köproq xotirali variant uçun 749 dollar talab qilinadi.

Google Pixel 2 XL ança tuhfalarni taqdim etadi. Aytişlariça, u jahonning yetakçi işlab çiqaruvçilarining flagman smartfonlari kabi hoşiyasiz displeyga ega. Tomonlari 18X9. Suratlarda smartfon faqat oq va qora ranglarda aks ettirilgan. 64 Gb'li Google Pixel 2 XL xaridorlarga 849 dollarga tuşadi. Ikki karra köproq içki xotiraga ega muqobili esa 949 dollarga baholangan.

Kompaniya Pixel seriyali xrombuklarni boşqa sotmayapti. Köpçilik "qidiruv giganti endi umuman kompyuter işlab çiqarmasa kerak", deya taxmin qilgandi, biroq yangi Google Pixelbook taqdimotga tayyor ekani ma'lum. Operatsion tizim, tabiiyki, Chrome OS. Suratda körinib turgan yagona öyma — USB Type-C.

Işlab çiqaruvçi yangi noutbuk bilan 99 dollarga baholangan Pixelbook Pen'ni ham sotadi. Pixelbook avvalgi xrombuklardan ança qimmat böladi:














