Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20 sentabr kuni Nyu-York şahrida özbekistonlik vatandoşlar uçraşgani haqida xabar berilgandi. Kun.uz muxbiri unda iştirok etgan yurtdoşlarimizdan biri bilan boğlanib, uning uçraşuvdan keyingi taassurotlariga qiziqdi.
«Bu juda samimiy va favqulodda qiziqarli ötdi. Oçiğini aytsam, men özim ham juda hayajonlandim, lekin Prezidentimizning döstona gaplari, bizga nisbatan bergan yuqori bahosi - hammamizni darhol tinçlantirdi», deydi Harvard talabasi Nilufar Köçimova.
Nyu-Yorkda taşkil etilgan uçraşuvda turli soha vakillari bölgan 18 nafar özbekistonlik iştirok etdi. Ulardan aksariyati AQŞning moliyaviy poytaxtida yaşaydi, şuningdek, mamlakatning obröli kompaniyalarida mehnat qiladi.
«Şavkat Mirziyoyev bu yerdagi qaynab turgan hayotni körib, atrofdagi odamlarning hammasi öz işlari bilan maşğul ekanligiga guvoh bölib, bizga havas qilayotganini aytib ötdi. Şuningdek, mana şunday ulkan jamiyatda har birimiz tinmay harakatda bölib, öz maqsadlarimiz sari ildam borayotganimizdan nihoyatda ğururlanişini bildirdi. Mamlakatimiz ham rivojlanişi va yuksalişida mana şunday davlatlar tajribasidan foydalanişimiz, bu yerda olgan bilim va mahoratlarimiz yurtimiz ravnaqi uçun sarflanişi zarurligini aytib, yaxşi işlarga çorladi», deydi hamsuhbat.
Nilufar davlat rahbarining «istalgan paytda Özbekistonga qaytib, xalqimiz uçun xizmat qiliş, bu borada esa vatandoşlarga zarur hamma şart-şaroitlar yaratib berilişini» bildirgani haqida aytib berdi. Nilufar Köçimova uçraşuvda iştirok etgan özbekistonliklardan biri bölib, u prezident oldida sözlaş uçun nutq tayyorlagan. Quyida uning nutqi matni keltiriladi:
«Assalomu alaykum, hurmatli Şavkat Miromonoviç! Avvalam bor, muhim işlaringiz bölişiga qaramay, qimmatli vaqtingizni ayamasdan biz bilan uçraşayotganingiz uçun sizga katta rahmat. Şu fursatdan foydalanib, uşbu uçraşuvni taşkillaştirgan insonlarga ham öz minnatdorçiligimni bildirmoqçiman.
Men, Nilufar Köçimova, 23 yoşdaman. Bu yil Harvard universiteti, huquqşunoslik fakultetining magistratura bölimiga öqişga kirdim. Uşbu nufuzli universitetga öqişga topşirişimga sizning nutqlaringiz ham katta turtki böldi! Prezidentlik faoliyatingizning ilk kunlaridanoq mamlakatimizdagi qonun himoya qiliş organlari kamçiliklarni tanqid qildingiz, inson huquqlarini himoya qiluvçi tizimlardagi xodimlarni öz vazifalarini haqqoniy bajarişlarini talab qildingiz. Bu sohadagi kamçiliklarni bartaraf qiliş, begunohlarni oqlaş haqidagi nutqlaringiz nafaqat bizning oilamiz, balki respublikamizdagi minglab kişilarning könglidagi gaplar edi.
Öşanda men uçun aziz bölgan inson yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yölida tinmay qilgan mehnatlariga qaramay, nohaq tuhmatlar bilan ayblangani tufayli oilamiz iztirobda edi. Öşa kunlarda sizning nutqlaringizni eşitib, jinoiy javobgarlikka nohaq tortilgan köplab begunoh kişilarning oila a'zolarini közlariga yoş olib, sizni duo qilişganini guvohi böldik. Sizning ayni öşa talablaringiz tufayli köplar qatorida mening dadam ham ozodlikka çiqdilar. Buning uçun biz sizdan juda minnatdormiz!











