Toşkent şahrida bölib ötgan yoşlar masalalari böyiça respublika idoralararo kengaşi majlisining Boş vazir A.Aripov tomonidan 2017 yilning 19 sentabr kuni tasdiqlangan bayonida qayd etilişiça, «Fidoyi yoşlar otryadlari» namunaviy tarzda taşkil etiladigan Toşkent viloyati hokimligi «Qişloqqurilişinvest»  kompaniyasi bilan birgalikda Yoşlar ittifoqining tavsiyasiga köra «Fidoyi yoşlar otryadlari»da fidoyilik körsatgan 20 nafar faol yoşlarni arzon uy-joy bilan ta'minlaydi.

Qişloq va suv xöjaligi vazirligi, Özbekiston fermerlari Kengaşi va ATB «Xalq banki»  bilan birgalikda Yoşlar ittifoqining tavsiyasiga köra «Fidoyi yoşlar otryadlari»da fidoyilik körsatgan eng ilğor 200 nafar terimçi yoşlarga rağbatlantiriş maqsadida çorva hayvonlari (qoramol, qöy, tovuq) ajratiş çoralari köriladi.

Özbekiston yoşlar ittifoqiga moliyaviy imkoniyatlardan kelib çiqib, Toşkent viloyatida «Fidoyi yoşlar otryadlari» loyihasini namunaviy tarzda taşkil etiş maqsadida qöşimça közda tutilmagan xarajatlarni örnatilgan tartibda amalga oşiriş tavsiya etilgan.