26 sentabr kuni Şavkat Mirziyoyev rahbarligida hududlarda paxta hosili yiğimiga doir yiğiliş ötkazildi. Unda hududlar kesimida paxta yiğimi sur’atlari va mavjud muammolar atrofliça körib çiqildi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Bu yil 875 ming gektar maydonga çigit ekilib, 3,7 million tonna hosil uçun şartnomalar tuzilgan. Terim jarayonlariga 900 dan ortiq maşina jalb etildi, fermerlarga yoqilği va öğit arzonlaştirilgan tartibda berildi.
Şu bilan birga, ayrim hududlarda rejadan orqada qoliş holatlari kuzatilmoqda. Masalan, Surxondaryo, Xorazm, Farğona va Andijon viloyatlari yaxşi natija körsatayotgan bölsa, Samarqand, Sirdaryo va Navoiyda holat qoniqarsiz.
Davlat rahbari qisqa vaqt içida joylarda favqulodda ştablar tuzib, hosilni sifatli yiğib oliş, fermerlarni öylantirayotgan masalalarni tezkor hal etib boriş böyiça körsatmalar berdi. Mas’ullarga terilgan paxta uçun hisob-kitoblar öz vaqtida amalga oşirilişini ta’minlaş topşirildi.

Yiğilişda kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati ham körib çiqildi.
Respublika böyiça 640 ta maktab va boğçadan 125 tasida ta’mirlaş işlari hali yakunlanmagan. 9,8 ming köp qavatli uyning qariyb mingtasi tayyor emas. Jizzax va Surxondaryodagi qozonxonalar ta’miri ham oxirigaça yetkazilmagan.
Davlatimiz rahbari ikki hafta içida bu masalalarni hal etiş, nimstansiya, elektr va suv tarmoqlarini mavsumga şay holatga keltiriş zarurligini qayd etdi.
Şuningdek, bugungi kunda aholiga 55 ming tonna, şundan 381 ta olis qişloq va ovullarga 9 ming tonna mahalliy kömir yetkazib berilgan. Aholiga omborlardagi 27 ming tonna tarqatilmay qolgan kömirni hamda kuz-qiş mavsumida iste’molçilarga 330 ming tonna suyultirilgan gazni töliq yetkaziş topşirildi. Gaz va elektr ta’minotida uzilişlarga yöl qöymaslik uçun mutasaddilar şaxsan javobgar ekani körsatib ötildi.

“Yaşil makon” dasturining ijrosi muhokama qilinar ekan, bu yil bahorda ekilgan 137 million köçatning 27,5 millioni qurib qolgani tanqid qilindi. Sababi – bahor va yoz örtasida issiq kunlar tez kelib qolişi oqibatida ekilgan köçatlar unişga ulgurmayapti, ularga odatdagidan 2-3 barobar köp suv sarflaşga töğri kelmoqda.











