Osiyo öyinlari dasturiga ilk marotaba sambo sport turi böyiça musobaqalar kiritildi. Bu haqda RT xabar bermoqda.

"Sambo sport turi tarixida yangi sahifa oçilayotgani bilan uşbu sport turining barça ixlosmandlarini tabriklamoqçiman. Bugun samboning Olimpiadaga qöşilişiga sezilarli ta'sir qilişi mumkin bölgan haqqoniy, muhim qaror qabul qilindi. Heç kimga sir emaski, Osiyo öyinlari Olimpiya öyinlarining muqobili hisoblanadi va uning bu öyinlar dasturiga kiritilişi katta muvaffaqiyatdir. Keyingi yilda samboga 80 yil töladi va butun dunyo samboçilari musobaqalarda bu yubileyni keng nişonlaşlari mumkin böladi", deb aytgan Xalqaro sambo federatsiyasi prezidenti Vasiliy Şestakov.

Osiyo öyinlarida sambo böyiça musobaqalar 6 ta: erkaklar orasida 62 kg, 74 kg, 90 kg gaça  va ayollar örtasida 56 kg, 64 kg va 72 kg gaça vazn toifalarida ötkaziladi.

Eslatib ötamiz, navbatdagi 18-sonli Osiyo öyinlari Indoneziyaning Jakarta va Palembang şaharlarida 5-20 dekabr kunlari bölib ötadi. Öyinlarda Osiyoning 45 ta davlati vakillari bellaşadilar.