AQŞ prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya va Yaponiya yetakçilari bilan uç tomonlama uçraşuv ötkazib, unda Şimoliy Koreya va uning savdo hamkorlariga qarşi yangi sanksiyalar kiritilişi haqidagi farmonni imzolaganini e'lon qildi.
Trampning aytişiça, sanksiyalardan maqsad Şimoliy Koreyaning muhim kemaçilik va savdo tarmoqlariga ta'sir qilişdan iborat. Bundan taşqari, AQŞ moliya vazirligi Şimoliy Koreya bilan biznes olib boruvçi va unga qarşi savdo bilan boğliq tranzaksiyalarni yengillaştiruvçi istalgan xorijiy bankka qarşi sanksiyalar kiritişi mumkinligi belgilab qöyildi.
"Şimoliy Koreya yadro va raketa dasturlarini moliyalaştiriş uçun dunyo moliya tizimini uzoq vaqt suiste'mol qilib keldi", deb aytgan Tramp va qolgan davlatlar qilişlari kerak bölgan işni qilmaganlarini ta'kidlab ötgan. Uning aytişiça, endi xorijiy banklarda aniq tanlov böladi: yo AQŞ, yo Şimoliy Koreya bilan işlaş.
Tramp şu bilan birga agar Pxenyan istasa, Şimoliy Koreya bilan muzokaralar bölib ötişi mumkinligini aytdi.
"Nimaga yöq ekan?", deb javob bergan Tramp jurnalistlarning tegişli savoliga.
Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe uçraşuvda Trampning qarorini qöllab-quvvatlaşini bildirgan.
Sentyabrda BMT Xavfsizlik kengaşi Şimoliy Koreyadan töqimaçilik mahsulotlari eksporti va mamlakatga tabiiy gaz kiritiş, neft va neft mahsulotlari sotişni taqiqlovçi rezolyutsiyani qabul qilgandi. Bunday çoralar Pxenyanning raketa sinovlariga javoban amalga oşirilgan.











