Özbekiston Respublikasi prezidenti virtual qabulxonasi işga tuşirilganiga bir yil töldi. Uşbu munosabat bilan «Xalq sözi» gazetasida maqola e'lon qilindi. Quyida uşbu maqola bilan tanişib çiqişingiz mumkin.

Xalq bilan muloqotning noyob tizimi fuqarolarning davlat organlari bilan töğridan-töğri munosabat örnatiş imkonini berdi. Bir yil davomida sinovdan ötib, tobora takomillaştirilib borilgan uşbu mexanizm dunyo hamjamiyatiga çinakam demokratiya yölidagi muvaffaqiyatlarimizdan biri sifatida namoyiş etildi. Şavkat Mirziyoyev Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining yuksak minbaridan turib, xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qiliş mexanizmlarini mustahkamlaşni global maqsad sifatida belgilab, mamlakatimiz barça hududida Prezidentning virtual va Xalq qabulxonalari taşkil etilganini hamda hozirgi kungaça bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu qabulxonalar orqali özlarining dolzarb muammolarini hal qilganini ta'kidlab ötdi.

Xalq hokimiyatçiligi töğridan-töğri muloqot, ya'ni «fuqaro — davlat» ğoyasida mujassam bölgan eng muhim tamoyillardan biri hisoblanadi. Bu sönggi paytlarda mamlakatimizda barça sohada keçayotgan islohotlarni özaro uzviy boğlab turadigan asosiy negiz sifatida közga taşlanmoqda. Bu borada yurtdoşlarimiz hamjihatlikda mamlakatimizning yaqin istiqboldagi «yöl xaritasi»ni işlab çiqqani hamda u jamoatçilik muhokamasidan söng tasdiqlanganini eslaşning özi kifoya. Bugun xalqaro ekspertlar alohida e'tirof etişmoqdaki, agar Özbekistonda boşlangan özgarişlarning tub mohiyatini tuşunişni istasangiz, Harakatlar strategiyasini sinçkovlik bilan örganib çiqişingiz kerak, şunda barçasini anglab olasiz. Aytiş joizki, yurtdoşlarimizni, oçiği, köp öylatgan, könglini bir qadar bezovta qilgan, öziga xos nozik muammo ham yeçimini topdi. Aniqroq aytadigan bölsak, köp sonli murojaatlar asosida örganilib, maktablarda 10-sinf qayta tiklandi. Bu xalq xohiş-irodasi mamlakatdagi islohotlar yönalişlarini belgilab berayotganining yana bir yaqqol isboti, desak, ayni haqiqat. Davlatimiz rahbarining ezgu taşabbuslarida inson manfaatlari yurtimizda keçayotgan yangilanişlarning asosiy maqsadi sifatida aks etadi. «Taraqqiyot strategiyasi» markazi tomonidan ötkazilgan tahlillarga köra, «xalq» va «mamlakat» — Prezidentimizning ma'ruzalari, nutqlarida eng köp uçraydigan sözlar ekan. Yurtboşimizning 12 ta ma'ruzasida uşbu sözlar uç yuz martalab yangragan.

Prezidentning virtual qabulxonasiga yil davomida 1,2 milliondan ortiq murojaatlar kelib tuşdi. Bu özbekistonliklarning davlat rahbari hamda yangi institutga bölgan yuksak işonçini körsatmoqda. Binobarin, Virtual qabulxona allaqaçon aholi muammolarini amalda hal qilişga qodir bölgan mexanizmga aylanib ulgurdi.

Fidoyi va jonkuyarlar davri keldi