Prezident Şavkat Mirziyoyevning Amerika Qöşma Ştatlariga taşrifi, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 72-sessiyasida sözlagan nutqi yurtdoşlarimizga çeksiz ğurur-iftixor bağişladi. Bu mazkur taşrif ançadan buyon kutilgani, Prezidentning nutqi odamlarning qalbidan, tafakkuridan çuqur joy olganidan dalolat, deb yozadi ÖzA. 

Prezidentning nutqi mazmundorligi va ahamiyati bilan alohida ajralib turdi. Qisqa bölişiga qaramay, nutq zamonamizning eng dolzarb mavzularini qamrab oldi: Özbekistondagi islohotlar, demokratiya, inson huquqlari, yoşlar masalasi, diniy bağrikenglik, xalqaro xavfsizlik, mintaqaviy hamkorlik, ekologiya va hokazo. 

Davlat rahbari Özbekistonda keng kölamli islohotlar amalga oşirilayotgani, inson huquqlarini himoya qiliş faollaşgani, xalqaro aloqalar uçun keng erkinlik yaratilgani, mamlakatimizning yangi qiyofasi şakllantirilayotganini ta'kidladi. 

Foto: uza.uz

Sessiya iştirokçilari Şavkat Mirziyoyevning nutqini diqqat bilan tingladi. BMT kanallari orqali bevosita kuzatib bordi. Boş qarorgohdagi media markazda jurnalistlar özlariga köp narsalarni qayd qilib bordi. Ayniqsa, Prezident Orol dengizi aks ettirilgan xaritani körsatganda hamma öyga toldi... 

Foto: uza.uz

Şavkat Mirziyoyev butun jahon jamoatçiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazişni eng muhim vazifa, deb hisoblaşini ta'kidladi. Buyuk allomalar, xususan, Imom Buxoriyning ğoyat boy merosini asrab-avaylaş va örganiş, ma'rifiy islom töğrisidagi ta'limotini keng yoyiş maqsadida Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Toşkentda Islom sivilizatsiyasi markazi taşkil etilayotganini ma'lum qildi. 

Nutq yakunlanganda qarsaklar ança paytgaça tinmadi. Sessiya raisi, davlat rahbarlari Prezidentni tabrikladi, öz taassurotlarini bildirişga oşiqdi. 

Masalan, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan hali heç bir davlat rahbari BMT minbaridan turib islom dini qadriyatlarini bu qadar jasorat bilan himoya qilmagani, heç qaçon Imom Buxoriy nomini tilga olmaganini ta'kidladi.