«Monako» hujumçisi Radamel Falkao Fransiya çempionatining 7-turida «Lill» darvozasiga ikkita töp kiritdi. 

31 yoşli kolumbiyalik futbolçi aqlbovar qilmas darajada samaradorlik körsatmoqda. Futbolçi kiritgan gollar soni 11taga yetdi. Eng qiziği u bu gollarni darvozaga bergan 12ta aniq zarbasidan söng kiritgan. Faqatgina bir marta uning zarbasini darvozabon qaytarişga muvaffaq bölgan.

Falkao hozirda Yevropaning top-5 çempionatlarini umumiy hisoblaganda ham eng yaxşi töpurar bölib turibdi.