Meksikadagi zilzila oqibatida halok bölganlar soni 293 nafargaça yetdi. Bu haqda Mexiko meri 22 sentabrda jurnalistlarga ma'lum qildi. Uning aytişiça, Mexikoda vayronalar ostidan yana 5 nafar jasad topilgandan keyin bu yerda halok bölganlar soni 153 nafarga yetgan. Halok bölganlar orasida 99 ayol, 54 erkak va 26 bola bor.
22 sentabrgaça poytaxt Mexikoda vayronalar ostidan 69 kişini tirik çiqarib olişga muvaffaq bölingan, 48 kişi gospitallarda qolmoqda, ulardan 4 nafarining ahvoli oğir deya ta'kidlanmoqda.
Meksika janubida 19 sentabrda yuz bergan 7,1 magnitudali zilzila Mexikogaça yetib borib, u yerda 44 ta uyning vayron bölişiga sabab bölgandi.











