Italiya A seriyasining 6-turidan örin olgan uçraşuvlardan birida «Milan» «Sampdoriya» bölib imkoniyatni boy berib qöydi.
Uçraşuvning dastlabki qismida «Sampdoriya» penalti tepiş imkoniyatini qölga kiritgandi, ammo videoassistent yordamida bu jarima bekor qildi.. Şunga qaramay, 72-daqiqada Duvan Sapata mezbonlarni hisobda oldinga olib çiqqan bölsa, Rikardo Alvares hakam tomonidan qöşib berilgan daqiqalarda ğalabani mustahkamlovçi golni kiritdi.
Uşbu natijadan keyin «Milan» hisobidagi oçkolar soni 12taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 5-örinda qoldi. «Sampdoriya» esa 11 oçko bilan 6-poğonada bormoqda.
Italiya A seriyasi, 6-tur
Sampdoriya – Milan 2:0 (0:0)
Gollar: Sapata (72), Alvares (90+1).
Sampdoriya: Pudjoni, Silvestre, Striniç, Bereşinski, Ferrari, Barreto, Torreyra (Kapetstsi, 90), Ramires (Verre, 84), Prat (Alvares, 90), Kualyarella, Sapata.
Milan: Donnarumma, Bonuççi, Romanoli, Rodriges, Sapata, Bigliya, Kessie, Suso (Çalxanoglu, 78), Bonaventura (Kutrone, 78), Abate (Borini, 82), Kaliniç.
Ogohlantirişlar: Donnarumma (72), Bonuççi (83).












