2018 yilda futbol olami yanada katta transferlar guvohi bo‘lishi mumkin. Birgina Lionel Messining «Barselona» bilan shartnomasi tugayotgani va hamon yangi bitim imzolamayotganini hisobga olsak, bo‘lajak yoz bizni katta transferlar bilan siylashini kutishimiz mumkin.
Shu maqsadda Tribuna.Uz 2018 yilning yozida shartnomasi tugaydigan futbolchilar reytingini tuzib chiqdi. Agar bu futbolchilar tez orada yangi shartnoma imzolashmasa, qishdan boshlab ixtiyoriy ravishda yangi klub bilan muzokara o‘tkazishi va jamoani tark etishi mumkin bo‘ladi. FIFA qoidalariga ko‘ra, shartnomasi tugashiga 6 oy qolgan futbolchilarga shunday imtiyozlar beriladi. Quyida ushbu ramziy terma jamoa bilan tanishib olishingiz mumkin.
1. Iker Kasilyas (35 yosh), darvozabon, «Portu»

«Real»da yulduzli onlarini o‘tkazgan darvozabon o‘sha vaqtlarda madridliklar bosh murabbiyi bo‘lib turgan Joze Mourinoga kerak bo‘lmay qolgan va tezda o‘ziga yangi jamoa topgandi — «Portu». Bugungi kunga kelib, endi u Portugaliyani ham tark etish arafasida turibdi.
Buffonning ham shartnomasi kelgusi yilda tugaydi. Ammo uning futbolni tark etishi kutilayotganini hisobga olsak, yozda erkin agentga aylanadigan eng yulduz darvozabon deb bemalol Ikerni ko‘rsatishimiz mumkin.
2. Deyli Blind (27 yosh), himoyachi, «Manchester Yunayted»

Ro‘yxatdan o‘rin olgan eng yosh futbolchi. Mourino o‘zi qurgan jamoada o‘zi olib kelgan futbolchilarni o‘ynatishni yaxshi ko‘radi. Balki shu sababdan niderlandiyalik futbolchi bilan shartnoma uzaytirilmayotgandir. Lekin Blind boshqa jamoaga o‘tsa, ko‘plab jamoalarni kuchaytira olishi mumkin.
3. Joao Miranda (33 yosh), himoyachi, «Inter»

Braziliya terma jamoasida sardor sifatida to‘p surishda davom etayotgan Miranda «Inter» bilan deyarli hech narsaga erisha olmadi. Kelgusi yili 34 yoshda bo‘ladigan futbolchi balki mo‘may pul ishlab olish uchun Osiyo yoki MLSga yo‘l olar?
4. Jorjo Kellini (33 yosh), himoyachi, «Yuventus»















