Morgan Stanley yetakçi kompaniyalar tahlilçilari orasida sörovnoma ötkazib, Amazon elektron kommersiya giganti yaqin yillarda qaysi sohalarni tubdan özgartirişi haqida bilib oladi. Mutaxassislar tub özgarişlar kutilayotgan tört sohani qayd etişdi. Business Insider natijalar bilan bölişdi.

Sörovnomada 40 nafardan ziyod tahlilçi iştirok etdi. Ulardan Amazon eng yirik onlayn-riteyleri birinçi navbatda özgartiradigan sohani belgilaş söraldi.

1. Oziq-ovqat mahsulotlari çakana savdosi

Yozda Jyeff Bezosning kompaniyasi 13,7 milliard dollarga Whole Foods oziq-ovqat mahsulotlari tarmoğini qölga kiritdi. Bitim kuçga kirgandan keyin birinçi kuniyoq Amazon tarmoq dökonlaridagi narxlarni 43 foizga qisqartirdi. Wal-Mart va Costco savdo tarmoqlari ham narxlarni tuşira boşlaşdi va biryöla assortimentni özgartirişga kirişişdi. Bundan taşqari, Amazon giganti Kohl’s dökonlari bilan hamkorlikni yölga qöydi - endi ularda riteyler saytida xarid qilingan tovarlarni qaytarişni rasmiylaştiriş mumkin böladi.

2. Supermarket va savdo markazlarining biznes-modeli

Iste'molçilar borgan sari köproq internetdan buyurtma qilişmoqda, savdo markazlari esa u qadar gavjum emas. Bu eng avvalo, ilğor onlayn-sotuvçi savdo aylanmasining ösişi tufaylidir. Amazon'ning ta'siri avtomobil ehtiyot qismlari bilan savdo qiluvçi dökonlarni ham qamrab oladi. 

3. Logistika va tovar yetkazib beriş

Amazon allaqaçon omborlarini robotlaştirişni boşlab yubordi va uçuvçisiz transport davriga qattiq tayyorgarlik körmoqda. Kurer-dronlarning köpayişi xaridlarni yetkazib beruvçi kasbining yöq bölişiga olib keladi. Uçuvçisiz qurilmalar esa taşiş bozorini özgartiradi.

4. Tijoriy köçmas mulk bozori

Wal-Mart'dan farqli ölaroq, onlayn-riteyler tasarrufida ombor maydonlari u qadar köp emas. Whole Foods'ni qölga kiritgandan söng kompaniya qöşimça 92 000 kvadrat metr omborga ega böldi, biroq bu ham yetarli emas. Tahlilçilarning taxminiga köra, Amazon kengayişda davom etadi va bu ombor köçmas mulkiga bölgan talabning ösişiga ta'sir körsatadi. Ulkan savdo markazlari esa Amazon tufayli yopilişi ham mumkin, zero köpçilik internetdan buyurtma qilişga ötmoqda, savdo markazlarining yopilişi savdo maydonlarining ijara narxini pasaytirib yuborişi mumkin.