Uzoq vaqtdan beri arxeologlar Bronza davri texnologiyalari bilan dunyoning yetti mö'jizasidan biri – Misrdagi Xeops ehromi qanday qurilganiga javob topolmay kelayotgandilar. 147 metrlik Katta ehrom örta asrlargaça duyoning eng baland inşootlaridan biri bölib kelgan. Endi esa misrşunoslar ehrom qurilişida işlatilgan katta toş bloklari ehrom joylaşgan Gizaga 13 km uzoqlikdagi Turdan qanday yetkazilgani sirini oçişdi, deb xabar bermoqda Daily Mail naşri.
Olimlarning fikriça, oğirligi 2,5 tonna keladigan 170 mingta ohaktoş maxsus qazilgan kanallar orqali yoğoç qayiqlarda taşilgan. Ular Katta ehrom ostida taşkil etilgan gavanga keltirilgan.
Buning javobi esa miloddan avvalgi 2600 yildagi Xufu fir'avnining dafn qayiğiga qöyilgan qadimiy papirus qoğozida aniqlandi. Unda bloklar qanday taşilgani, Nil suvlari yönaltirilgan kanallar qanday qazilgani va ulkan töğonlar qanday barpo etilgani batafsil bayon etilgan. Hujjat 40 işçidan iborat jamoaga javob bergan Merer ismli nazoratçi tomondan imzolangan.
Biroq arxeologlar katta masofalarni hisobga olgan holda bloklarni taşiş borasida bir fikrga kela olmay qolganlar. Bu bahsda yakuniy nuqtani Giza yassi toği ostida suv kanallari izlarini topgan Mark Lexner qöydi. "Biz umumiy körinişda suv havzasi va ehrom ostiga olib kelgan kanallar tarmoğini çizib çiqdik", deb aytgan tadqiqotçi.
Mutaxassislar jamoasi şuningdek bloklar taşilgan qadimiy qayiqlarni ham tiklaşgan. Aniqlanişiça, ular yoğoç doskalarni bir-biriga ziç qilib arqon bilan boğlaş yöli bilan yaratilgan.












