Dubayda Marsdagi hayot şaroitlariga öxşaş tuman barpo etiladi. Bu haqda amirlikning The National naşri xabar bermoqda. 

Loyiha Mars Scientific City deb nomlangan bölib, "şahar"ning maydoni 170 ming kvadrat metrdan köproqni taşkil qiladi. Uni quriş 500 mln dirxamga (136 mln dollar) aylanadi.

Marsdagi inson turar joylari şaroitlari qanday yaratilişi ma'lum qilinmagan. Biroq Dubay hokimi şayx Muhammad bin Raşid Al-Maqtumning tvitterdagi akkauntida loyiha suratlari çop etilgan. Ularda çölda joylaşgan bir neçta gumbazlarni köriş mumkin. Ular içida esa insonlar turadigan inşootlar va ösimliklar bor.

Ötgan yil BAA hukumati 2117 yilgaça Marsda şahar quriş rejasini ma'lum qilgandi.