Rossiyalik jangçi va Rossiya aralaş yakkakuraşlar uyuşmasi (MMA) prezidenti Fyodor Yemelyanenko Moskva viloyatining Novogorsk şahrida öz nomidagi yakkakuraş maktabini oçdi. Bu haqda TASS xabar bergan.

Tantanali tadbir çorşanba kuni bölib ötdi. Rasmiy oçiliş marosimidan taşqari, Fedor team jamoasi jangçilari - Valentin Moldavskiy, Kirill Sidelnikov, Anatoliy Tokov, Viktor Nemkov va Vadim Nemkov oçiq maşğulot ötkazdi.

Yemelyanenko hozirda Amerikaning Bellator taşkilotida iştirok etadi. Uning hisobida 36 ğalaba va beş mağlubiyat bor.

Joriy yilning iyun oyi oxirlarida Fyodor Yemelyanenko oxirgi jangidan keyin uç oyga musobaqalardan çetlatilgani xabar qilingandi.