Iroq Kurdistoni mustaqilligi uçun saylovçilarning 91,83 foizi ovoz berdi. Bu haqda RIA Novosti Kurdiston mustaqil oliy saylov komissiyasiga asosan xabar tarqatgan.
Avvalroq referendumda 3,4 million saylovçilar ovoz bergani xabar qilingandi. Referendumda qatnaşiş miqdori 72,16 foizni taşkil etgan.
"3,44 million ovozlarni hisob-kitob qiliş yakunlariga köra, 91,83 foiz saylovçilar ijobiy javob berişgan, salbiy javobni esa – 8,17 foiz", - deya xabar qilişgan komissiyadan.
Şuningdek, komissiyadan ta'kidlaşlariça, Kirkuk (Bağdod bilan bahsli) viloyatidagi kurdlar tumanlari, şuningdek, Sinjor yozidlar tumani va Naynava viloyatidagi xristianlar tumanlari juda yuqori foizni qayd etişgan. “Ha” javobi uçun eng past foiz esa Sulaymoniya şahrida kuzatildi – taxminan 51 foiz.
Ovoz beriş huquqiga 5,2 million saylovçi ega bölgan. Referendumda Iroq Kurdistoni yoki kurdlarning boşqa tumanlarida röyxatdan ötgan Iroqning barça fuqarolari qatnaşişi mumkin edi. 6846 saylov uçastkasi va 1737 komissiya işladi. Ovoz berişda nafaqat kurdlar muxtoriyatiga rasman kiruvçi Arbil, Sulaymoniya va Doxuk viloyatlari, balki undan taşqarida bölgan Kirkuk, Naynava, Saloh-ad-Din viloyatlaridagi tumanlar ham iştirok etdi. Iroqdan taşqarida yaşovçi kurdlar uçun onlayn-ovoz beriş taşkil etildi.
Ekspertlar bölajak mintaqa haqida turli fikrlar va harbiy ixtilof xatarini bildirişmoqda. Köpçilikning sözlariga köra, voqealar rivoji referendumdan söng mustaqillikning e'lon qilinişi yoki qilinmasligiga boğliq böladi.
Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğlining ma'lum qilişiça, Anqara Bağdodni mamlakat yaxlitligini ta'minlaş masalasida qöllab-quvvatlaşga tayyor. Bu Iroq tegişli murojaat bilan çiqsa, yuz berişi aytildi.
Iroq hukumati referendumni haqiqiy emas, deb topdi hamda muxtoriyatning mintaqaviy hukumati bilan ovoz beriş natijalari böyiça muzokaralar olib bormasligini ma'lum qildi. Bundan taşqari, Iroq Kurdistonining qöşnilari – Turkiya va Eron, şuningdek, AQŞ hamda BMT ham ovoz beriş jarayoniga qarşi çiqdi.
"Biz Iroqning hududiy yaxlitligini faqatgina sözlar orqali qöllab-quvvatlamaymiz. Agarda, Iroq hukumati Anqaraga tegişli çaqiriq bilan murojaat qilsa, unda biz qöşni davlat birdamligini himoya qiliş böyiça sa'y-harakatlarni qöllab-quvvatlaymiz", - degan Çovuşöğli. Uning sözlarini Anadolu agentligi keltiradi.












