ÖFF prezidenti Umid Ahmadjonov jurnalistlar bilan taşkil qilingan matbuot anjumanida federatsiya oldiga qöyilgan rejalar böyiça bayonot berdi.

«Bugun federatsiyaning hisobot saylov konferensiyasi ötganiga 15 kun töldi. Şu vaqt içida biz Özbekiston futbolining 2018-2022 yillarga möljallangan rivojlantiriş dasturining oxirgi bobini yozib bitirdik. Unda keyingi 4 yil içida qilinişi kerak bölgan eng muhim masalalar aks etadi. Bizning işçi guruhimiz uşbu dasturning loyihasini sizga tanişib çiqiş uçun taqdim etayapti.

Qisqaça qilib aytişim mumkinki, Özbekiston Futbol Federatsiyasi katta islohotlar ostonasida turibdi. Islohotlarni amalga oşiriş guruhi işni boşlaş uçun qulay nuqta – ustuvor masalalarni aniqlab olgan bölib, biz futbolni kötariş uçun ana şu nuqtadan yangi manzil sari yölga tuşamiz.

Ustuvor masalalar haqida biz jamoatçilikka xabar berdik. Lekin, bugun men bu masalalarni yana bir bora alohida ta'kidlab ötmoqçiman: 

Birinçisi, milliy terma jamoaga boş murabbiy tayinlaş masalasi bölib, hozirda uşbu jarayon davom etayapti.
Ikkinçisi, kelişilgan öyinlarga qarşi kuraşişni yangi bosqiçga olib çiqişdan iborat. Buning uçun Özbekiston Futbol Federatsiyasida yangi jamoa iş boşlayapti, deb bugun men bemalol sizga ayta olişim mumkin.
Uçinçisi, futbolimizdagi taniş-bilişçilik va uruğ-aymoqçilik kabi illatlarga qarşi kuraşişdir. Men töğri tuşunaman, agarda bu sportçilar oilasi bölsa va ular haqiqatan ham öz joylariga munosib bölişsa, marhamat. Lekin, şunday holatlar borki, bu futbolimizning ildiziga bolta uradi. Biz mana şunday ğirromlik va qinğirlikdan tozalaş uçun alohida mutaxassislar guruhini jalb qildik.
Törtinçisi, federatsiya işini şaffoflaştirişdir. Bu bilan biz işqibozlarning federatsiyaga bölgan işonçi va hurmatini qozonişni niyat qilganmiz. Çunki, biz uçun xalqning federatsiya haqidagi fikri juda muhim. Hammaga yoqişning ilojisi yöq, lekin salbiy fikrlarni yöqotiş uçun bor imkoniyatimizni işga solamiz.
Beşinçisi, çiptalar savdosini isloh qiliş qiliş bölib, bunda birinçi raqamli vazifa elektron çiptalar savdosini yölga qöyişdir. Aynan şu yöl orqali çiptalarning olib-sotarlar qöliga ötib ketişiga qarşi kuraşiş bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir.

Bundan taşqari:
- bolalar va ösmirlar futbolini rivojlantiriş, 
- murabbiylar tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş tizimini tubdan isloh qiliş,
- oliy liga va birinçi liga musobaqalarining saviyasini oşiriş,
- milliy terma jamoani 2022 yilgi jahon çempionatiga olib çiqiş,
- Özbekiston Futbol Federatsiyasini Osiyoning eng  yaxşi federatsiyalaridan biriga aylantiriş,
- barça jahon çempionatlarida iştirok etişga erişiş,
- ommaviy futbolni yangi bosqiçga olib çiqiş, 
- butun Özbekiston böylab futbol öynaşni yanada ommalaştiriş va osonlaştiriş, işqibozlarning stadionlarga kelib öyin tomoşa qilişlari uçun zarur şaroitlarni yaratib beriş kabi boşqa vazifalar ham borki, bularning bari Özbekiston Futbol Federatsiyasining rivojlantiriş dasturidan örin olgan.

Bugun dunyo axborot bilan yaşayapti. Zamonaviy fuqaro boşlanayotgan kunini ham, tugab borayotgan kunni ham axborot oliş bilan ötkazadi. Axborot şu darajada muhim omilki, uning oqimi tugasa yoki töxtab qolsa, böşliq yuzaga keladi. Şu sababli ham axborotni öz vaqtida va töğri beriş juda muhim ahamiyatga ega. Özbekiston Futbol Federatsiyasi bundan keyin ham axborot böşliğiga qarşi kuraşiş siyosatini qöllab-quvvatlagan holda işlaydi. 

Özbekiston Futbol Federatsiyasi mamlakatimiz futbolini yanada kötariş uçun öz oldiga ustuvor vazifalarni belgilab oldi. Federatsiyaning yangi jamoasi 12 sentabr kuniyoq ana şu vazifalar ustida katta kölamli işlarni amalga oşirib kelyapti. Men hozir katta va'dalar berişga şoşilmayman, faqatgina rejalarimiz uzoq muddatga möljallanganini, qolaversa, maqsadlarimiz jiddiy ekanligini işonç bilan ayta olaman. Biz işqibozlar bilan, xalq bilan dialogga doim tayyormiz va qilinayotgan işlarda ularning xohiş va irodalarini ham inobatga olamiz.

Dunyo tajribasidan ma'lumki, rahbariyatning işiga baho beriş uçun ommaviy axborot vositalari 100 kun ötişini kutişadi. Umid qilamanki, Özbekiston Futbol Federatsiyasi ham ana şu 100 kunlik öta murakkab davrni yaxşi bosib ötadi. Bu davr oraliğida Federatsiyasi içida va taşqarisida köp yangiliklar böladi. Bu yangiliklar esa Siz Özbekiston Futbol Federatsiyasidan faxrlanişingiz uçun amalga oşiriladi», deya gapirib ötdi Ahmadjonov.