"Radikallaşuv eng avvalo elita va hukumat almaşinuvining şaffof mexanizmi mavjud bölmagan, köp yillar korruptsion va avtoritar rejimlar hukmronlik qilgan joylarda ildiz otadi", - dedi Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev Bişkekda bölib ötayotgan "Islom zamonaviy dunyoviy davlatda" nomli xalqaro konferensiyada.
Uning sözlariga köra, haqiqiy islom jamiyatda tinçlik va osoyiştalik hukm surişi tarafdori, u umuminsoniy qadriyatlar va bağrikenglik asosida kişilarni birlaştiradi. Ommaviy axborot vositalari islomning asl mohiyatini buzib, uni tahdid sifatida körsatmoqda.
"Bugungi muammolar va şafqatsiz nizolarning sababi islom emas, geosiyosiy öyinlar, ijtimoiy adolatsizlik va köp holatlarda islom bilan niqoblangan ekstremistlardir", - dedi Almazbek Atamboyev.
Qirğiziston prezidentining ta'kidlaşiça, "bizning vazifamiz — haddan oşişdan saqlaniş".
"Islom bilan spekulyatsiya qiluvçi provakatorlarga qarşi turişga tayyor turiş kerak. Biroq bunda "aqlli" va samarali uslublarni izlaş zarur", - dedi Atamboyev.
"Tösiqlar va ziddiyatlarni bartaraf qiliş yöli bilan vasvasadan qoçiş kerak. Bu vasvasa köpinça davlat xizmatçilarida ham, diniy arboblarda ham kuzatiladi", - dedi u.
Qirğiziston prezidentining sözlariga köra, mamlakat aholisining 90 foizi özini musulmon deb hisoblaydi, mamlakat uçun davlat va diniy jamiyatlar vakillari örtasidagi munosabatlarni hal qiliş juda muhim.
"Biz muloqotni davom etiriş uçun Bişkekda doimiy xalqaro maydonni yaratiş, bu yerda tajriba almaşiş va davlat va din, radikalizm va ekstremizm masalalarini muhokama qilişni taklif qilamiz", - dedi Almazbek Atamboyev.












