Vazirlar Mahkamasining 14.09.2017 yildagi 721-son qarori bilan bojxona organlari xodimlariga uzoq xizmat muddati uçun ustamalar va oziq-ovqat payogi örniga har oyda beriladigan pul kompensatsiyasi miqdorlari tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Hujjatga asosan bojxona xizmati xodimlariga uzoq xizmat muddati uçun lavozim maoşiga va şaxsiy berilgan maxsus unvon böyiça maoşga nisbatan foizlarda quyidagi miqdorlarda ustama beriladi:

•  2 dan 5 yilgaça – 5%;
•  5 dan 10 yilgaça – 10%;
•  10 dan 15 yilgaça – 15%;
•  15 dan 20 yilgaça – 20%;
•  20 dan 25 yilgaça – 25%;
•  25 yil va undan ortiq – 30%. 

Bundan taşqari, oziq-ovqat payogi örniga bojxonaçilarga har oyda EKIHning 3 baravari miqdorida pul kompensatsiyasi tölanadi.

Körsatilgan tölovlar respublika byudjyeti, şuningdek DBQning Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, bojxona organlarini rivojlantiriş va közda tutilmagan xarajatlar maxsus jamğarmasi mablağlari hisobiga amalga oşiriladi.