26 sentabr kuni Buxoro viloyati Romitan tumanida jami 166 nafar fuqaro tuman tibbiyot birlaşmasining yuqumli kasalliklar bölimiga köngil aynişi, qayt qiliş, boş oğriği va umumiy holsizlik kabi kasallik belgilari bilan tibbiy yordam sörab murojaat qilgan. Bemorlarga “Ötkir diareya, ovqatdan zaharlaniş” taşxisiga gumon qilinib, şifoxonaga yotqizilgan.

KUN.UZ muxbirining Soğliqni saqlaş vazirligi vakillarining 27 sentabrdagi matbuot anjumanida bergan ma'lumotlariga asoslanib xabar berişiça, bemorlar 25 sentabr kuni tuman markazidagi "Diyor" töyxonasida ötkazilgan nikoh töyidan keyin özlarini yomon his qila boşlaşganini aytişgan, ularning bari tuxum-barak yegani ma'lum bölgan.
Voqea joyiga respublika mutaxassislari yuborilgan va ular vaziyatni örganişga kirişişgan. Vaziyatga SES qoidalariga rioya qilinmaganlik natijasi sifatida baho berilmoqda.
Sönggi ma'lumotlarga köra, hozirda 166 bemordan 94 nafari şifoxonada, qolganlarining ahvoli yaxşilangani sabab uyga ruxsat berilgan. Şifoxonadagi barça bemorlarning ahvoli - qoniqarli.











