Sayt tahririyatiga yurtdoşlarimizdan «patentga tölov qanday va qay muddatda tölanadi, öz vaqtida tölamasa nima böladi?», degan savollar köp kelmoqda. Bugun şu masalaga oydinlik kiritmoqçimiz.
Patentning amal qiliş muddati qanday?
Patent 1 oydan 12 oy muddatigaça beriladi. Patentning amal qiliş muddati bir neça marta uzaytirilişi mumkin. Şunday bölsada, patent muddati berilgan kunidan 12 oydan ortiq bölişi mumkin emas. Patent muddati uning uçun oldindan amalga oşirilgan tölov davrigaça uzaytirilgan hisoblanadi. Agar vaqtida tölov amalga oşirilmasa, oxirgi amalga oşirilgan tölov davri tugagan kunning ertasidan patent muddati tugagan hisoblanadi.
Patent uçun tölovni qaçon amalga oşiriş kerak?
Patent uçun tölovni har oyda yoki bir neça oyga oldindan amalga oşiriş mumkin. Biroq, birdaniga 12 oydan ortiq muddatga tölab bölmaydi. Sababi, patentning umumiy muddati 12 oydan ortiq emas.
DIQQAT: Köpçilik patentni qölga olgan kun sanasidan kelib çiqib tölamoqda. Bunday qiliş notöğri. Patent tölovini uning orqasidagi «Data vydaçi» degan joyda yozilgan sanagaça amalga oşiriş lozim.
Masalan, patentni 12 fevral kuni olgansiz. Patent orqasida esa 06 fevral körsatilgan. Bunday holda har oyning 05 sanasigaça tölaş lozim (keyingisi 05 martgaça, undan keyingisi 05 aprelgaça va hokazo. Şunday qilib uşbu holatda tölov amalga oşiriş uçun oxirgi kun keyingi davrning 05-sanasi. 06-kuni tölov qiliş notöğri. Çunki oyning oltinçi kuni keyingi davr boşlangan böladi. Tölovni öşa davr boşlanmasdan amalga oşiriş şart.) Yana bir bor eslatib ötamiz, patent tölovini uning orqasidagi «Data vydaçi» degan joyda yozilgan sanagaça, ya'ni şu kundan kamida bir kun oldin amalga oşiriş şart. U yerda yozilgan kunda tölov qiliş ham notöğri böladi.
Agar siz 2015 yilda olgan patentingiz örniga mamlakatni tark etmay yangi patent olgan bölsangiz, patent tölovini yangi olgan patentingizda yozilgan sanagaça amalga oşirişingiz şart. Masalan: Eski patentda yozilgan sana 06 fevral edi. Yangisida esa 18 fevral yozilgan. Bunday holatda tölovni keyingi davrning 17-sanasigaça amalga oşiriş zarur.
Biz patent tölovini ertaroq, muddat tugaşidan 3–5 kun oldin amalga oşirişni maslahat beramiz. Şunda dam oliş va bayram kunlariga töğri kelişi tufayli tölovni qilişda muammolar bölmaydi.













