Qiyinçiliklar girdobida qolgan va bankrot böliş arafasida turgan Rossiyaning «VIM-Avia» aviakompaniyasi çipta xarid qilgan yölovçilarni manzilga taşib qöyiş uçun 840 million rubl davlat kafolati söradi. Ayni paytda dunyoning turli aeroportlarida 16 mingdan ziyod sayyohlar «Vim-Avia» aviakompaniyasi tomonidan közlangan manziliga yetkazilişini kutişmoqda.

Rossiya elektron naşrlarini kuzata turib, «VIM-Avia» aviakompaniyasi atrofidagi maşmaşalar haqidagi qisqaça tafsilotlarni sizga yetkazişga qaror qildik.

25 sentabr kuni aviakompaniya moliyaviy qiyinçiliklar tufayli charter parvozlarini bekor qilişini e'lon qilgan.

Foto: RIA "Novosti"

Biri biridan vahimali xabarlar tarqala boşlagaç, «Rosaviatsiya» aviakompaniyada rejadan taşqari tekşirişni boşlab yuborgan. Aniqlanişiça, reyslarning uşlanib qolayotganiga «VIM-Avia»ning yoqilği yetkazib beruvçilar oldidagi qarzdorligi sabab bölayotgan ekan. RF transport vazirligi vaziyatni öz nazoratiga olgan, RF tergov qömitasi esa «yirik miqdordagi firibgarlik» moddasi böyiça jinoyat işi ham oçgan.

Joriy yildagi sayyohlik mavsumi oxirigaça aviakompaniya turli kurortlarga 50 mingdan 80 minggaça yölovçini eltib qaytarişi kerak edi. Umumiy hisobda aviakompaniya 190 ming yölovçiga çipta sotgan.

Bu orada «VIM-Avia» aivakomaniyasining egalaridan biri Raşid Mursekayev seşanba kuni Rossiyani tark etgani aytilmoqda. U «Şeremetevo» aeroporti orqali Turkiyaga qoçgan.

Vaziyatdan xabar topgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin transport vaziri Maksim Sokolovning «pöstagini qoqqan». Unga «VIM-Avia» aviakompaniyasi atrofidagi maşmaşalar tufayli xizmat vazifasiga noloyiqligi haqida ogohlantiriş berilgan. 

Foto: RIA "Novosti"

«Agar uşbu vaziyatni tezda va samarali hal qila olsangiz, biz Dmitriy Anatoleviç (Medvedev) bilan sizning bu xizmat vazifangizga çala loyiqligingiz uçun sizni nima qiliş kerakligini öylab köramiz. Agar hal qila olmasangiz ham baribir öylab köramiz», — degan Putin Sokolovga vazirlar mahkamasi a'zolari bilan uçraşuvda.

Ayni paytda charter parvozlarini yakunlagan «VIM-Avia» aviakompaniyasi samolyotlaridan ayrimlar Turkiya va Belgiya aeroportlarida uşlanib turilibdi, degan «Rosaviatsiya» rahbari Aleksandr Neradko Davlat Dumasida çiqiş qila turib.