Rosaviatsiya Rossiya aviakompaniyalariga 6 martdan boşlab xalqaro parvozlarni töxtatişni tavsiya etdi. Ötgan vaqt içida Rossiyaning bir neça aviakompaniyalari xorijdagi barça reyslarni töxtatişga qaror qildi - Minsk yagona istisno. BBC endi xalqaro reyslar qanday işlaşi borasidagi savollarga javob izladi.
Rosaviatsiyaning e’loni xalqaro parvozlar töliq bekor qilinişini anglatadimi?
Yöq, bunday emas. Rosaviatsiya tavsiya berdi - agentlik 6 martdan «ketiş» reyslarini, 8 martdan «qaytiş» reyslarini töxtatişni maslahat qilgan.
Bu taqiq Rossiya aviakompaniyalari xorijliklardan (birinçi navbatda yevropaliklardan) ijaraga olgan samolyotlar ularning egalari talabi bilan xorijda uşlab turilişi yoki hibsga olinişi xavfi yuqori ekani bilan boğliq.
26 fevral kuni YeI Rossiyaga qarşi sanksiyalar e’lon qilgandi.
Bu hujjat, xususan, samolyotlar va ehtiyot qismlarni Rossiyadagi jismoniy va yuridik şaxslarga hamda Rossiyada foydalaniş uçun sotişni taqiqlaydi. Bu taqiq bunday mahsulotlar Yevropa Ittifoqi hududida işlab çiqarilmagan holatlarda ham amal qiladi.
Şuningdek, hujjat bilan bunday mahsulotlarni bevosita yoki bilvosita suğurta qiliş va qayta suğurtalaşni ham taqiqlaydi.
Rossiya kompaniyalaridagi samolyotlarning köp qismi xorijlik lizingga beruvçilardan olingan. Cirium tahlil kompaniyasi ma’lumotiga köra, 777 samolyotdan 515 samolyot lizingga olingan.
Ammo bu ularning barçasi xorijda uşlab qolinişini anglatmaydi - bu faqat muayyan bir kompaniya, masalan, lizingga beruvçi talabi bilan bölişi mumkin. Şu bilan birga bunday holatlar allaqaçon sodir bölib ulgurgan.
Qolaversa, 24-26 fevral kunlaridan buyon Rossiya aviakompaniyalari Rossiyaga qarşi sanksiyalar kiritib, öz havo kengliklarini yopgan davlatlar ustidan uçişni töxtatgan (dunyoning 35 dan ortiq davlati).
5 mart kuni, Rosaviatsiya bayonoti ortidan bir neça yirik aviakompaniyalar xalqaro reyslar töxtatilişini e’lon qildi:
- «Aeroflot» («Pobeda» va «Avrora» ham) - 8 martdan
- AzurAir - 8 martdan
- Nordwind, PegasFly - 7 martdan
- Royal flight - 5 martdan













