«Rosaviatsiya» Rossiyaning markazi va janubidagi 11ta aeroportga parvozlar böyiça taqiq çoralarini 13-marta, bu safar 19 mayga qadar uzaytirdi.
«Rossiyaning 11ta aeroportida parvozlarni vaqtinça çeklaş 2022 yil 19 may, Moskva vaqti bilan soat 03:45 gaça (Toşkent vaqti bilan 05:45 - tah.) uzaytirildi. Anapa, Belgorod, Bryansk, Voronej, Gelenjik, Krasnodar, Kursk, Lipetsk, Rostov-Don, Simferopol va Elista aeroportlariga reyslar vaqtinça çeklandi», deyiladi agentlik bayonotida.
Uşbu şaharlarga yölovçilarni taşişni taşkil qiliş uçun aviakompaniyalarga Soçi, Volgograd, Mineralniye Vodi, Stavropol va Moskva aeroportlaridan foydalaniş tavsiya etilmoqda.
Qayd etilişiça, Rossiyadagi qolgan aeroportlar odatiy rejimda işlayapti.
Rossiya hududida parvozlarni çeklaş «Rosaviatsiya» agentligi tomonidan 24 fevralda, Rossiya harbiylarining Ukrainadagi harbiy harakatlari boşlangan kuni kiritilgan edi.











