Alphabet'ga qaraşli Google kompaniyasi Yevropa komissiyasi (YeK)ning aksilmonopoliya mojarosi bilan boğliq talablarni bajariş maqsadida öz qidiruv tizimi va onlayn-xaridlar servisi faoliyatiga özgarişlar kiritgani haqida ma'lum qildi.

Kompaniya onlayn-sotuvlar sohasidagi raqiblariga qidiruvning yuqori satrlarida ularning reklama xabarlarini körsatiş huquqini sotib oliş va ularni qayta sotiş imkonini bermoqçi. YeKning asosiy e'tirozi - Google'ning ustuvor örinlarni şaxsiy Google Shopping servisiga berayotganidan iborat bölgan, deb yozadi Dow Jones.

Endi bu servis alohida kompaniyaga ajratilib, reklama örinlari xaridi uçun boşqa kompaniyalar qatorida kimoşdi savdolarida iştirok etadi. 

Endi Google har tört oyda bu masala böyiça Yevrokomissiya oldida hisobot beradi. 

YeK aksilmonopoliya qonunçiligini buzganlik uçun Google'ga 2,4 milliard yevro miqdorida jarima soldi. Hozirda sud kompaniyaning bu qarorga doir appelyatsiyasini körib çiqmoqda. Kompaniya körsatmalarga rioya qilinmaganlik uçun jarimalarni çetlab ötiş maqsadida körsatilgan özgarişlarni amalga oşirdi. 

Bu vaqtda esa Google'ning raqiblari qabul qilingan çoralarni yetarli emas, deb hisoblamoqda. Kalkoo kompaniyasi CEO'si Riçard Steyblz (Google'dan arz qilganlar orasida uning kompaniyasi ham bölgan) ustuvor örinlarni xarid qiliş şu darajada qimmat böladiki, ularni sotib olişdan naf yöq, deb hisoblamoqda. 

Payşanba kuni Nasdaq birjasidagi dastlabki savdolar davomida Alphabet aksiyalarining narxi 0,1 foizga oşdi. Kompaniyaning kapitallaşuvi yil boşidan buyon 18 foizga ösib, 644,5 milliard dollarni taşkil qilmoqda.