Siri ovozli yordamçisining yaratuvçilaridan biri Adam Çayyer yaqin ön yilda kompyuter texnologiyalarining rivoji borasidagi taxminlari bilan bölişdi, deb yozadi Venturebeat. Uning fikriça, kelgusi ön yillikning asosiy trendi - ovozli interfeyslar va assistentlar böladi. 

Devayslarni ovozli boşqariş sohasidagi muhim loyihalar Çayyer va uning şeriklariga tegişli. 2010 yilda ular tomonidan işlab çiqilgan Siri assistenti Apple kompaniyasi tomonidan xarid qilindi. Şundan keyin ular boşqa bir assistentni işlab çiqiş uçun yana birlaşişdi - bu Viv Labs kompaniyasining paydo bölişiga sabab böldi. 2012 yilda esa, Samsung kompaniyasi uni 215 million dollarga xarid qildi, çunki u ham xuddi Apple kabi ovozli yordamçini öz qurilmalariga integratsiyalaşga qaror qilgan.

Çayyer falsafasiga köra, har 10 yilda kompyuter va gadjyetlar olamida yangi eng asosiy va kelajakni belgilab beruvçi trendlar paydo böladi. 1980-yillarda bu personal kompyuterlar bölgan, 1990-yillarda internet paydo böla boşlagan, 2007 yilda smartfon qiyofasini belgilab bergan iPhone namoyon böldi. Kompyuter texnikasining kelgusi 10 yilini belgilab beruvçi asosiy trend - tabiiy ovozli muloqot böladi, deb hisoblaydi Çayyer. Uning fikriça, insoniyat bunga tayyor, buning uçun barça zarur texnologiyalar esa işlab çiqilgan va tadbiq etilişini kutmoqda. 

Çayyerning sözlariga köra, bugungi kunda qaysidir jihatdan texnologiya bilan boğliq har qanday rivojlangan biznes bu texnologiyaning rivoji uçun millionlab dollar sarflamoqda. Bularning bari yaqin ön yilda insonning maşinalar bilan muloqot qilişini yengillaştiruvçi şart-şaroitlarni şakllantiradi, ya'ni endi maşina insonga töliq moslaşadi, inson maşinaga emas. U vaziyatni internet bilan boğliq şart-şaroitlarga taqqoslaydi: bir paytlar saytlar körimsiz bölgan, biroq ular juda tez rivojlanib, hayotning bir qismiga aylanişga ulgurdi. Ovozli yordamçilar bilan ham xuddi şunday.