Hindistonning Mumbay şahri yaqinidagi temir yöl qatnovi bekatida yuz bergan tiqilinç oqibatida kamida 22 kişi halok böldi. Bu haqda ANI agentligi xabar qilmoqda.
Voqea juma kuni ertalab Prabhadevi (sobiq Elfinstoun Roud bekati) va megapolisning janubiy qismida joylaşgan Parel stansiyalari örtasidagi yer ustidan ötiş yölagida sodir bölgan.
Hodisaning aniq sababi hozirça aniqlanmadi. Politsiya röy bergan voqeaning barça detallarini oydinlaştiriş uçun suriştiruv işlarini ötkaziş lozimligi haqida ma'lum qildi. Şu bilan birga, OAVning ta'kidlaşiça, Mumbayda juma kuni ertalab kuçli yomğir kuzatilgan, natijada şahar va uning atrofidagi aholi yomğir sabab köçalarni suv bosişi va tirbandliklardan xavotir olib, şahar atrofidagi poyezdlardan foydalanişga qaror qildi. Bu şahar atrofidagi poyezdlarda yölovçi oqimining ösişiga olib kelgan. Prabhadevi va Parel bekatlari örtasidagi ötiş yölagi esa eng gavjum joylardan biridir.












