Gvineyaning Nzerekore şahridagi öyinda fanatlarning keng kölamli muştlaşuvi röy berdi va bu önlab kişilar ölimiga olib keldi. Afrikaning uşbu mamlakatidagi eng yirik şaharlardan biridagi şifoxonalar va ölikxonalar tölib ketgan, boş vazir esa aholini tinçlantirişga urinmoqda.

Nimalar böldi?

Hodisa Nzerekore va Labedagi klublar örtasidagi öyin çoğida röy bergan. Boş hakam jamoalardan birining futbolçisiga qizil kartoçka körsatgan, keyin esa penalti belgilagan. Referining qarorlari muxlislarga yoqmagan va ular maydonga yugurib çiqişgan: ikki tomon muxlislari bir-biri bilan muştlaşgan va toşböron qilişgan.

«Barçasi hakamning bahsli qaroridan boşlandi. Keyin fanatlar maydonga çopib kirişdi», — deya guvohlardan iqtibos keltiradi Agence France-Presse.

Politsiya fanatlarni tarqatiş uçun közdan yoş sizdiruvçi gaz qöllagan. Ultras a’zolari stadiondan qoçib çiqqan va çiqiş joyida tiqilinç yuzaga kelgan. Köpçilik nafas ololmay böğilib yoki köçaga sakrab tuşişga uringanida arena devorlaridan yiqilib halok bölgan.

Keyinroq ğazabnok muxlislarning bir guruhi politsiya uçastkasiga hujum qilib, uni yoqib yuborgan. Bu esa şusiz ham oğir vaziyatni oğirlaştirgan. Qurbonlar soni ortgan.

Ölikxona va şifoxonalar tölib-toşgan

Mamlakat hukumati ma’lumotiga köra, hodisa qurbonlarining jami soni 56 kişini taşkil etgan. Hukumat matbuot xizmati hozirça mutaxassislar faqat şahardagi ölikxona va şifoxonalarga keltirilganlar hisobga olingan. Qurbonlar soni ortişi mumkinligi istisno qilinmayapti.

Şifokorlardan birining sözlariga köra, mahalliy şifoxona ölikxonasi tölib-toşgan. «Jasadlar xonaga qator qilib terib qöyilgan. Qolganlari koridorlarda yotibdi», — degan u jurnalistlarga.

Gvineya boş vaziri Amadu Uri Ba ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida hududiy rasmiylar şaharda tartibni tiklaş uçun bor imkoniyatni işga solayotgani haqida ma’lum qilgan.

«Hukumat vaziyatni kuzatib bormoqda va yana bir bor tibbiy xizmatlar jabrlanuvçilarga birinçi yordam körsatişiga xalaqit bermaslik uçun xotirjamlikka çaqiradi», — deya qayd etgan mulozim.

Mahalliy muxolifat voqea yuzasidan tekşiruv ötkazişga çaqirgan. Ularning qöşimça qilişiça, turnir harbiy yetakçi, Gvineya vaqtinça prezidenti polkovnik Mamadi Dumbuyaning «noqonuniy va noörin» siyosiy ambitsiyalarini qöllab-quvvatlaş maqsadida taşkil etilgan. 2021 yilda mamlakatda harbiy töntariş sodir böldi va şundan beri Gvineya amalda harbiylar tomonidan boşqarilmoqda. Hissiyotlar junbişga kelişining sababi bu uşbu turnir finali edi.