Hindistonning Nyu-Dehli temiryöl vokzalida yuz bergan tiqilinç oqibatida kamida 18 kişi halok böldi, deb xabar beradi NDTV telekanali.
«Nyu-Dehli temiryöl stansiyasida yölovçilarning poyezdga ötirişga urinişi natijasida yuz bergan tiqilinç oqibatida kamida 18 kişi, jumladan, 11 nafar ayol va beş nafar bola halok böldi, önlab odamlar jarohat oldi», — deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, Prayagraj Express poyezdi jönab ketişga tayyorlanayotgan vaqtda temiryölning 14-platformasida odam köp bölgan. Yölovçilarning aksariyati Prayagraj şahriga ketadigan poyezdni kutib turgan — şu kunlarda uşbu mamlakatda yirik diniy festival nişonlanmoqda.
Şuningdek, boşqa ikkita poyezd — Swantrata Senani Express hamda Bhubaneshwar Rajdhani Express’ning ham uşlanib qolişi sabab 12, 13 va 14-sonli platformalar odamga tölib ketgan.
Hindiston boş vaziri Narendra Modi sodir bölgan fojia munosabati bilan halok bölganlarning qarindoşlariga hamdardlik bildirgan va jarohat olganlarning tezroq tuzalib ketişini tilagan.
Holat yuzasidan politsiya tergov harakatlarini olib bormoqda.
Eslatib ötamiz, yanvar oxirlarida Hindistonning Uttar-Pradeş ştatida Kumbh Mela diniy festivali vaqtida yuz bergan tiqilinçda kamida 30 kişi halok bölgandi.












