Sony’ning joriy smartfonlari dizayni kompaniyaning 2013 yilda çiqarilgan ilk smartfoni Xperia Z’ga öxşaş körinişda bölib, 2017 yilda qirrali korpuslarga joylangan hoşiyasiz ekranlar urf bölganda bu qurilmalar ançagina eski körinadilar.  

Sony’ning Hindistondagi boşqaruvçi direktori Keniçiro Xibining Indian Express naşriga bergan intervyusida u kompaniyasi smartfonlari körinişini töliq özgartirib, modellar qatorini zamonaviylaştirmoqçiligini ma'lum qilgan.  

Biroq Xibi yangi smartfonlar çiqarilişi sanasiga oydinlik kiritmagan. Uning aytişiça, bu tez orada yuz beradi. Ehtimol, yapon kompaniyasining yangi smartfonlari 2018 yildan oldinroq çiqmas. Kompaniya an'anaviy ravişda yiliga ikki marta: fevralda Mobile World Congress va avgustda Berlindagi IFA körgazmalarida katta e'lonlar qiladi. 

Ta'kidlanişiça, yangi qurilmalar ingiçka hoşiya va çözilgan, ehtimol tomonlari nisbati 18:9 bölgan ekran olişi mumkin.